So’nggi yangiliklar

18:48Икки нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:27"Челси" учинчи либосини тақдим этди + ФОТО 0 18:06Уокер Анкалаевдан реванш олишни илинжида 0 17:45Энг ёш UFC жангчиси Рауль Росас UFC Noche турнирида ўзидан деярли 20 ёш катта рақибга қарши октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0 14:36U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди 0 14:15Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум 0

06 iyu 11:47
Yangiliklar

Boks/MMA

CHarlz Oliveyra Xabib va Islamga dangal murojaat qildi

Vazn qila olmay UFC kamarini boy berib qo'ygan CHarlz Oliveyra yana bir bor Xabib Nurmagomedov va Islam Maxachevga murojaat qildi.

Avvalroq, Nurmagomedov Islam Oliveyra bilan uning hududida, yani Braziliyada jang qilishga tayyor ekani va uni aynan braziliyalikning asosiy quroli jiu-jitsu usulida mag'lub etishini aytgan edi.

"Agar ular chindan ham shuni istashayotgan bo'lsa, chempionni taqib etishda davom etishlari kerak. Men ham shunday yo'l tutgandim va yakunda chempionlikka erishgandim. Men dekabrda jang qilishni xohlayman. Sizlar ham shuni istayapsizlarmi? Sizlarga bu kerakmi? Mabodo shunday bo'lsa, nima kutyapsizlar? Kelinglar, hamma kutayotgan jangni amalga oshiramiz. Men sizlarga murojaat qilyapman! Kelinglar, dekabrda Braziliyada jang qilamiz! Lekin Xabib, sen shuni yaxshilab eshitib ol. Sen bashorat berish bo'yicha uch marotaba xatolikka yo'l qo'ygansan. Men Islamni qaysi usul bilan mag'lub etish masalasida vada bermayman. Ammo, uni aniq taslim etaman. Bu gapimni eslab qolinglar - men Islam Maxachevni engaman. Divizionning asosiy bosh og'rig'ini CHarlz Oliveyra deb chaqirishadi. Konor MakGregorni unutinglar. Bizda yangi g'oya bor. Braziliyada CHarlz Oliveyra - Islam Maxachev jangini tashkil qilish. Siz bu jangni xohlayapsizmi? Unda bu g'oyani amalga oshiramiz. Xabib va uning do'stlari og'ziga kelgan gapni aytaveradi. Mening jiu-jitsum UFC engil vazn divizionidagi eng yaxshisi. Xabib 29 ta g'alabali seriya qayd etgan. U janglarini qanday sotishni juda yaxshi bilardi. CHempionlik davrida kam gapirardi, tresh-toklarga yo'l qo'ymasdi. Faoliyatini yakunlaganidan keyin esa maqtanchoq bo'lib qoldi", - deya Brazilian MMA Legends nashriga intervyu bergan Oliveyra. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing