21 avg 18:48
Yangiliklar
Engil atletika

Ikki nafar engil atletikachimiz Osiyo chempionatida sovrindor bo'ldi
Koreya Respublikasining Mokpo shahrida engil atletikaning uloqtirish turlari bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.
Bugungi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi azolari 2 ta kumush medalga sazovor bo'lishdi.
Dastlab Malika Nasriddinova yadro uloqtirish dasturida 17.14 metr natija bilan ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, bosqon uloqtirish sektorida Suhrob Xodjaev 69.52 metr bilan kumush medalga sazovor bo'ldi. Dasturga ko'ra, ertaga nayza uloqtirish bo'yicha bellashuvlar tashkil etiladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar