21 avg 17:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Eng yosh UFC jangchisi Raul Rosas UFC Noche turnirida o'zidan deyarli 20 yosh katta raqibga qarshi oktagonga chiqadi + POSTER
UFC matbuot xizmati meksikalik Raul Rosas va AQSH vakili Rob Font o'rtasidagi jangni elon qildi.
Ushbu jang 13 sentyabr kuni San-Antonio (AQSH) shahrida UFC Noche turniri doirasida o'tkaziladi. Musobaqa Meksikaning Mustaqillik kuniga bag'ishlab tashkil etilyapti.
Malumot uchun, 20 yashar Raul Rosas Junior hozirgacha 12 ta jang o'tkazib, 11 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. 38 yoshli Rob Font hisobida esa 22 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar