So’nggi yangiliklar

11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0 10:28Нодирбек Абдусатторов Хорватиядаги турнирда иштирок этади, Магнус Карлсен ҳам 0 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги 1/8 финалчилар маълум 0 09:46ИНТЕРВЬЮ. Жасур Алижонов шогирдлари иштирокидаги сўнгги воқеликлар ҳақида 0 09:25Гэтжи мухлислар билан мусобақада Ferrari 812 GTS машинасини ютиб олди 0 09:04Турки ал аш-Шейх Муроджонга ишонмаяптими? Араб пулдори Иноуэга оид кейинги режаларини айтди 0 08:43Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди + ВИДЕО 0 08:22Жаҳонгир Нажмиддинов ATFC 22 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 08:01Ўзбекистон Кубогининг биринчи кун ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТО 0 19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0

08 dek 14:00
Yangiliklar

Dzyudo

CHempionat yakunlari tahlil qilinib, rejalar belgilab olindi

O'zbekiston dzyudo federaciyasida kuni kecha yakuniga etgan O'zbekiston chempionati muhokamasi hamda yangi mavsum rejalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda viloyatlarda faoliyat yuritayotgan murabbiylar, yoshlar va kattalar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatining g'olib hamda sovrindorlari, hakamlar ishtirok etdi.

Yig'ilishga boshchilik qilgan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rais o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov yoshlar va kattalar terma jamoamiz azolari bilan muloqotga kirishdi.

Federaciya rahbari so'zi avvalida poytaxtimizda ikki hafta oralig'ida yoshlar va kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining muvaffaqiyatli tarzda o'tkazilgani bilan tabriklab, barchaga minnatdorchilik bildirdi.

SHundan so'ng yig'lishning asosiy masalalari yuzasidan muhokamaga o'tildi.

 Federaciya raisi dzyudochilarimizni ostonada eshik qoqayotgan 2021 yilda murosasiz mavsum kutayotgani, buni har bir sportchi qalbidan his qilib, har bir bellashuvga final bahsiga chiqayotgandek tayyorgarlik ko'rishi kerakligini urg'uladi.  

SHuningdek, yig'ilishda Parij-2024 Olimpiadasiga hozirning o'zidan boshlab tayyorgarlik ko'rish, selekciya ishlarini jadallashtirish, viloyatlar kesimida o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi musobaqalarni ko'proq o'tkazish, malakali murabbiy va hakamlarni tayyorlashga urg'u qaratish masalasi eng ustuvor vazifalardan bo'lishi aytildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing