25 iyu 10:49
Yangiliklar

Itauma - Bakole, Ortis - Ennis, Sepeda - Kruz janglari bir oqshomda!
SHuningdek, super yarimo'rta vazn toifasida WBC vaqtinchalik chempioni Virjil Ortis, yarimo'rta vaznda IBF va WBA yo'nalishlarining sobiq chempioni Jeyron Ennis, engil vaznda WBC Interim kamari sohibi Uilyam Sepeda hamda Endi Krus ishtirokidagi janglar ham aynan o'sha oqshomda o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Bu haqda Saudiya Arabistoni Ko'ngilochar boshqarmasi raisi Turki al ash-SHeyx malum qildi.
"Biz do'stlarimiz bilan noyabr oyida boks kechasi tashkil etish bo'yicha muzokaralar olib boryapmiz. Umid qilamanki, Ortis - Ennis, Bakole - Itauma, Cepeda - Kruz janglarini tashkil eta olamiz. Agar imkoniyat bo'lsa, men Kristian Mbillining Lester Martinesga qarshi jangini ham ko'rishni xohlayman.
Agar jangchilar va promouterlar takliflarni qabul qilsa, biz bu janglarning barchasini bir kechada o'tkazamiz", dedi Turki.
Fikrlar