So’nggi yangiliklar

19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0 17:53Дана Уайт Том Аспиналлнинг навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 17:25Lift Promotions Тошкентдаги проф бокс оқшоми кардини эълон қилди. Марказий жангда мағлубиятсиз ҳамюртимиз иштирок этади 0 17:03Курашчиларимиз Туркиядаги "Яшар Догу" мусобақасини 5 та медаль билан якунлашди 0 16:40Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди 0 16:19UFC 317 турнири иштирокчилари жанглар орқали қанча гонорар ишлаб олгани маълум 0 15:58Абдулрашид Садулаев: "Дана Уайт билан гаплашдим" 0 15:35Топурия – учинчи камар ҳақида: "UFC'га бу ҳақда гапирмасликни ваъда қилганман" 0 15:13Шомуродовнинг жамоадоши Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади 0 14:50Навоийда 200 000 000 сўм мукофот пулига эга “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бўлиб ўтмоқда 0 14:24Шоҳжаҳон Эргашев Бачков билан жанг қилмайди 0 14:02Дана Уайт Гэтжининг чемпионлик жанги истагига муносабат билдирди 0

15 apr 17:15
Yangiliklar

Qilichbozlik

Dayibekova, Pliego, Obvinceva kabi qilichbozlarimiz licenzion turnirda ishtirok etish uchun kurashishmoqda

24-26 aprel kunlari poytaxtimiz qilichbozlik bo'yicha Osiyo-Okeaniya mintaqalari uchun Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi musobaqaga mezbonlik qiladi.

Hozirda terma jamoamiz mazkur turnirga qizg'in hozirlik ko'rmoqda.

Qayd etish joiz, musobaqada jahon reytingi orqali Olimpiadaga yo'llanma ololmagan davlatlar har bir yo'nalishda bir nafardan sportchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Bir qator yo'nalishlarda terma jamoamizda ichki raqobat kuchli. SHu bois murabbiylar hozirda kimning tayyorgarligi yuqori darajada ekanligini ko'rishi uchun terma jamoa vakillari orasida saralash musobaqasi o'tkazilmoqda. Bugun MOQ hamda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi Rustam SHoabdurahmonov mazkur jarayonni kuzatib borish uchun terma jamoa bazasiga tashrif buyurdi. Unga MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov hamrohlik qildi.

Mazkur saralash musobaqasi 15-17 aprel kunlari ayollar o'rtasida sablya yo'nalishida bo'lib o'tadi. Saralash janglariga 13 nafar sportchi jalb etilgan bo'lib, ular orasida asosiy raqobat Zaynab Dayibekova, Paola Pliego hamda Yana Obvinceva o'rtasida kechishi kutilmoqda. SHaffoflik uchun bellashuvlarni xorijdan chaqirilgan xalqaro toifadagi hakamlar boshqarib borishmoqda.

Yana bir ahamiyatli jihati, mazkur musobaqa avvalidan o'z fikr va maslahatlari bilan o'rtoqlashish uchun Pan-Amerika qilichbozlik konfederaciyasini boshqarib borayotgan hamyurtimiz Vitaliy Logvin ham ayni vaqtda Toshkentda bo'lib turibdi. Eslatib o'tamiz, licenzion musobaqada faqat oltin medal sohiblarigina Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisiga aylanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing