So’nggi yangiliklar

16:38Арман Царукян Порье – Холлоуэй тўқнашуви учун захира жангчиси бўлмоқчи 0 16:16Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз" 0 15:40"Анкалаевга етарлича ҳурмат кўрсатилмаяпти" - Аспиналл 0 15:17Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида кумуш медални қўлга киритган Дулат Бекбауовнинг проф боксдаги илк рақиби ва жанг санаси маълум бўлди 0 14:55Усик — Дюбуа реванши учун "Уэмбли"да трибуналар сони 94 000 тага етказилиши мумкин 0 14:27Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди 0 14:01Махачев: "Навбатдаги даъвогар Царукян бўлиши керак" 0 13:39Шоҳида Аҳмедова Туркияда ўтказилган "Яшар Догу" халқаро турнири совриндори бўлди 0 13:17Отабек Холматов ва Муроджон Аҳмадалиев Қўшма Штатларга учиб кетди (ФОТО) 0 12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0 11:4546 ёшли Мэнни Пакьяо боксдаги мақсадини айтди 0 11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 11:00МОҚ раҳбарияти Турин политехника университетида IT ва инновацион стартаплар билан танишди 0

05 mar 18:45
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Toshkentdagi "Katta Dubulg'a". Birinchi kunda ikkita medal qo'lga kiritdik

Teglar :  Dzyudo
Toshkentdagi "Humo Arena"da dzyudo bo'yicha nufuzli "Katta Dubulg'a" turniri davom etmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida jang o'tkazadigan o'zbekistonlik dzyudochilar qayd etayotgan barcha natijalar bilan ushbu sahifada tanishib borishingiz mumkin bo'ldi. 


Sardor Nurillaev va -66 kg vaznning qolgan qahramonlari shoxsupada FOTOGALEREYA

Kemran Nurillaev: Medal olmaslikka haqqimiz yo'q edi

Sardor Nurillaev ham bronza medali sohibi! (FOTO)


Kemran Nurillaev va -60 kg vaznning qolgan qahramonlari shoxsupada FOTOGALEREYA


SHu tariqa birinchi kundan olib borilgan matnli translyaciyamiz o'z yakuniga etdi.


-66 kg vaznli Sardor Nurillaev koreya vakili Lim Xvan Kimga qarshi jang o'tkazdi va g'alaba qozondi! U Golden Score'da raqibini taslim etdi!

-60 kg vaznli sportchimiz Kemran Nurillaev tojikistonlik raqibini mag'lub etdi va bronza medaliga ega chiqdi! Bizda ilk bronza medali!

KECHKI DASTUR JANGLARI BOSHLANDI.


Medallar uchun janglar bugun soat 17:00dan so'ng boshlanadi. 

Unda ikki sportchimiz bronza medallari uchun kurashadi:

-60 kg: Kemran Nurillaev - SHahboz Saidaburorov (Tojikiston)

-66 kg: Sardor Nurillaev - Lim Xvan Kim (Janubiy Koreya)


-60 kg. Kemran Nurillaev yarim finalda yaponiyalik Ryuju Nagayamaga qarshi jang qilib, imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi u kechki dasturda bronza medali uchun jang qiladi!


-60 kg vaznli Kemran Nurillaev chorak finalda belgiyalik Yerre Verstraytenga qarshi jang qildi va raqibini IPPON bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi!


-66 kg. Sardor Nurillaev bronza medali uchun o'tish jangida mo'g'ulistonlik raqibini mag'lub etdi. Endi hamyurtimiz kechki dasturda medal uchun jang qilish huquqiga ega bo'ldi. 


-66 kg. Artyom SHturbabin uchinchi davrada koreyalik raqibga qarshi jang qildi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. 


-66 kg. Sardor Nurillaev chorak finalda mo'g'ulistonlik dzyudochiga mag'lub bo'ldi. Endi u bronza medali uchun o'tish jangida boshqa bir mo'g'ul sportchiga qarshi tatamiga chiqadi. U biroz avval boshqa bir hamyurtimiz Muhriddin Tilovovni musobaqadan chiqarib yuborgandi. 


-48 kg. Xalimajon Qurbonova ikkinchi davrada italiyalik raqibasiga yutqazib qo'ydi. 


-60 kg. Kemran Nurillaev ozarbayjonlik raqibidan ustun keldi va chorak finalga chiqdi. 


-57 kg vaznli Nilufar Ermaganbetova ikkinchi davrada mo'g'ulistonlik raqibasiga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berdi.


-66 kg. Sardor Nurillaev qiyin kechgan jangda qozog'istonlik Kemelbek Moldashdan ustun keldi va chorak finalga yo'l oldi!


-57 kg. SHukurjon Aminova braziliyalik Jessika Pereyraga yutqazib qo'ydi va musobaqa bilan xayrlashdi.


-60 kg vazndagi Mirzohid Mahammadjonov uchinchi bosqichda qozog'istonlik jahon chempioni Eldos Smetovga Golden Score'da yutqazdi. 


-52 kg. Diyora Keldiyorova ikkinchi davrada mo'g'ulistonlik raqibasiga qarshi jang qilib, Golden Score'da yutqazib qo'ydi. 


-66 kg. Artyom SHturbabin serbiyalik raqibga qarshi jang qildi va raqibini ippon bahosi evaziga taslim etdi. Ajoyib!


-48 kg. Xalimajon Qurbanova ozarbayjonlik raqibasini mag'lub etib, keyingi bosqichga chiqdi.


-57 kg. Muxlisa Ganjaeva rossiyalik raqibasiga yutqazib qo'ydi. 


-66 kg vaznli Dilshod Yo'ldoshev jahon chempioni, Olimpiya o'yinlari finalchisi hisoblangan An Baulga qarshi jang qildi va qo'shimcha vaqtda yutqazib qo'ydi...


-66 kg. Sardor Nurillaev qirg'izistonlik raqibini ippon evaziga mag'lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga chiqdi. 


-48 kg. Gulnur Muratbaeva ozarbayjonlik raqibasiga qarshi bahs olib bordi va muddatidan oldin yutqazdi. 


-60 kg. Kemran Nurillaev braziliyalik raqibidan ippon evaziga ustun keldi. 


Hamyurtimiz Ramziddin Saidov bahslarda hakamlik qilmoqda


-66 kg. Yana bir ishongan sportchimiz Muhriddin Tilovov uchinchi ogohlantirish evaziga mo'g'ulistonlik raqibga mag'lub bo'ldi...

-60 kg vaznli Dilshodbek Baratov yaponiyalik Ryuju Nagayamaga yutqazib qo'ydi.


-60 kg vazndagi Mirzohid Mahammadjonov afg'onistonlik raqibi jangga chiqmaganligi sabab, keyingi bosqichga yo'l oldi.

-52 kg. Diyora Keldiyorova qozog'istonlik Anna Kazyulinani mag'lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo'l oldi!


-66 kg vaznli Dilshodbek Yo'ldoshev raqibidagi uchinchi ogohlantirish evaziga g'alaba qozondi va keyingi bosqichga chiqdi!


-60 kg. SHarofiddin Lutfullaev kutilmaganda ilk jangida belaruslik Artyom Kolasovga yutqazib qo'ydi. IPPON! Aynan SHarofiddindan oltin medal kutayotgandik. Afsus... 


-52 kg. Sita Qadamboeva uchinchi ogohlantirish sabab germaniyalik Annika Vurfelga yutqazib qo'ydi. 


-60 kg. Kemran Nurillaev Golden Score'da Nikolay Foka (Moldova) ni mag'lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga chiqdi. 


Qizlarimiz ichida -52 kg vaznli Zuxraxon Mamurjonova birinchi bosqichda Dasol Park (Janubiy Koreya)ga ippon bahosi evaziga mag'lub bo'ldi. Afsus, u g'alaba qozonayotgandi... Ammo birgina xato uning mag'lubiyatiga sabab bo'ldi.


-60 kg. Dilshodbek Baratov iordaniyalik Bilal Almansurni ippon bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratdi va ikkinchi bosqichga chiqdi. Boshlanishi ajoyib!


Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. Toshkentdagi "Katta Dubulg'a" turniridan onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz. 


- - - - - - - - - - 


Musobaqaning birinchi kunida quyidagi sportchilarimiz medallar uchun kurash olib borishadi: 


Erkaklar

-60 kg vazn toifasi:

SHarofiddin Lutfullaev

Dilshod Baratov 

Kemran Nurillaev

Mirzohid Mahammadjonov



-66 kg vazn toifasi:

Sardor Nurillaev

Muhriddin Tilovov

Dilshod Yo'ldoshev 

Artyom SHturbabin  



Ayollar:

-48 kg vazn toifasi:

Gulnur Muratbaeva

Halima Kurbonova



-52 kg vazn toifasi:

Diyora Keldiyorova

Sita Kadambaeva

Zuhra Mamurjanova


-57 kg vazn toifasi:

Nilufar Ermaganbetova

Muxlisa Ganjieva

SHukurjon Aminova

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing