So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

13 sen 11:00
Yangiliklar

Xokkey

Evgeniy Popixin: "Vazifamiz - pley-offga chiqish"

Teglar :  HumoEvgeniy Popixin
"Humo" bosh murabbiyi Evgeniy Popixin "Nomad" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1, OT) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Og'ir o'yin! Yaxshi raqibga qarshi o'ynadik. Bu "Baris"ning farm klubi va bu erda yaxshi yosh o'yinchilar ko'p. Ammo bugun bizning yigitlar xarakter namoyish etishdi. Yigitlar g'alabani Toshkentga bag'ishlashdi. Xokkeyni yaxshi ko'radigan, hurmat qiladigan va tushunadigan shaharga. SHuni aytishni istardimki, yigitlar harakat qilishmoqda. To'g'ri tushuning, biz qisqa vaqt ichida jamoani to'pladik. Hali yana katta ish ketmoqda. Sabr qilishimiz kerak, ammo yigitlarga barakalla!


- Mavsum endi boshlandi, jamoani oldinda turgan mavsumda qanday ko'rmoqdasiz? 

- Bizda maqsad bor. Katta maqsadlar. Hozir bosqichlardan biridamiz, step by step degandek. SHakllantiramiz, o'rganamiz. Bunday darajada, oldida vazifasi bo'lmagan jamoada o'ynamagan xokkeychilarimiz ko'p. Biz bu erda oila bo'lishimiz kerak, va u oilaning har bir azosi nima uchun bu erda ekanligini tushunishi lozim. Hali o'rganish lozim bo'lgan narsalar ko'p, chunki yigitlar turli maktablardan kelishgan. Bu erda tezkor va yaxshi xokkey bo'ladi. Ish juda ko'p. Ammo biz qo'rqmaymiz. Ularni g'olib bo'lishga o'rgatamiz. Ular Toshkentda barcha yaxshi ko'radigan "Humo" uchun o'ynayotganliklarini his qila olishlari kerak. Arenaga kelgan muxlislarga rahmat. Ularning qo'llab-quvvatlovlaridan minnatdormiz. Ular eng zo'ri ekanliklarini bilamiz. Biz birgalikda tog'larni talqon qilamiz. 


-Yaqin orada jamoa safiga yangi o'yinchilar kelib qo'shilishini kutishimiz mumkinmi?

- Biz buni kechroq boshladik. Deyarli barcha o'yinchilar tanlab bo'lingan. Ammo bu bo'yicha ish doimo olib boriladi. Biz rahbariyat bilan gaplashyapmiz va ular ham iltimosimizga yo'q demayaptilar. Kuchli, raqobatbardosh jamoa bo'lishidan rahbariyat ham manfaatdor. Dekabr oxiriga borib, bizda pley-offda o'ynay oladigan jamoa bo'ladi. Bizning vazifamiz - pley-offga yo'llanma olishdir. Ko'ramiz. CHempionat endi boshlandi. Eski jamoadan faqat Smiryagin va Javohir bor. Qolganlar bilan ishlamaganman. Yana marta aytaman, yigitlar bilan tanishyapmiz va ularga g'oliblik ruxini o'rgatmoqdamiz. Ular bu er Toshkent va bu erda yutqazish mumkin emasligini bilishlari lozim. Ammo bu uchun vaqt kerak.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing