So’nggi yangiliklar

17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0 13:54Ислам Махачев кейинги жангини қаерда ва қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:29Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда 0 13:06"Исламни нокаут қила оламан" - Илия Топурия 0 12:45Курашчиларимиз Осиё чемпионатида яна 5 та медални қўлга киритишди 0 12:24Ислам Махачев: "Делла Маддалена билан жанг оғир бўлади" 0

25 noy 07:26
Yangiliklar

Tokio-2020

G20 davlatlarining rahbarlari “Tokio-2020” va “Pekin-2022” Olimpiadalarini qo'llab-quvvatladilar

Teglar :  Tokio-2020Olimpiada
G20ning virtual sammitiga to'plangan jahon etakchi davlatlarining rahbarlari “Tokio-2020” Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari hamda Pekinda 2022 yilda bo'lib o'tadigan qishki Olimpiadani qatiy qo'llab- quvvatlashlari to'g'risida bayonot berdilar.

Sammitning yakunlovchi deklaraciyasida shunday deyiladi: “Biz Yaponiyaning COVID-19ni engishda global birdamligining ramzi sifatida “Tokio-2020” Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini o'tkazish qatiyatini qo'llab-quvvatlaymiz”.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax etakchi davlatlar rahbarlariga qarata bayonot bilan chiqish maqsadida bu galgi G20 sammitiga raislik qilgan Saudiya Arabistonining taklifiga ko'ra virtual yig'ilishga qo'shildi.

“Sport hayotni qutqarishi mumkin. Koronavirus inqirozi paytida sport jismoniy va ruhiy sog'lom bo'lish uchun naqadar muhim ekanligiga hammamizning ishonchimiz komil bo'ldi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti buni tan olgan holda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlik qilish to'g'risidagi bitimni imzoladi”, – dedi o'z nutqida XOQ prezidenti.

Bundan avvalroq Yaponiya Bosh vaziri Yosixide Suga shunday degan edi: “Men insoniyat virus ustidan g'alaba qozonishining ramzi sifatida Tokioda Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini o'tkazishga to'la qatiyatdaman. Yaqinda o'zim uchrashgan XOQ prezidenti Tomas Bax ham xuddi shunday fikrda ekanligini eshitdim. Biz O'yinlar xavfsiz tarzda o'tishi uchun barcha say-harakatlarimizni davom ettiramiz”.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing