So’nggi yangiliklar

23:50Шодиёр Мелиқўзиев ЖЧни нокаутли ғалаба билан бошлади 0 22:52Бокс. Ҳуморабону Мамажонова ҳам ЖЧни ғалаба билан бошлади 0 21:28CAFA Nations Cup - 2025. Ўзбекистон Қирғизистонни йирик ҳисобда мағлуб этди ва финалга йўл олди 0 18:11ФОТО: Ўзбек бокси юлдузларининг болаликда тушган суратларини кўрганмисиз? 0 17:46Тошкентда Сквош ва Падел федерацияси тантанали равишда очилди 0 17:05Бектемир Мелиқўзиев қўллаб-қувватлаш мақсадида Муроджон Аҳмадалиевнинг ёнига борди (ВИДЕО) 0 16:39Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди 0 16:16"Чимаев билан жанг тарихий бўлади" - Имавов 0 15:51UFC Paris турнири иштирокчилари тарозига чиқди: битта жанг бекор бўлди 0 15:25"Ўзимни ажойиб ҳис қиляпман". 39 ёшли Деонтей Уайлдер яна 10 йил жанг қилиш ниятида 0 15:01Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими? 0 14:39"Усик фаолиятини якунлаши керак" - мураббий 0 14:17"Бу унинг соғлигига таъсир қилади". Майк Тайсон — Флойд Мейвезер билан жанг ҳақида 0 13:55"Бу кўргазмали жанг мухлисларга улар хоҳлаган нарсани беради". Мейвезер — Тайсон билан жанг ҳақида гапирди 0 13:33Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. У учрашувдан кейин мухлислар билан хайрлашди 0

27 noy 18:19
Yangiliklar

Tadbirlar

Ginness rekordlar kitobiga kirgan Rima Batalova O'zDJTSUda mehmon bo'ldi + FOTO

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga paralimpiya o'yinlarining engil atletika bo'yicha 13 karra g'olibi, 18 karra jahon chempioni, 43 karra Evropa chempioni, xizmat ko'rsatgan sport ustasi, Davlat Dumasi deputati Rima Batalova tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida mehmon universitetda o'tkazilayotgan “Yashil makon” loyihasi asosida amalga oshirilayotgan ko'chat ekish jarayonlarida qatnashdi. SHundan so'ng, Rima Batalova ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.

Unda Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Aziz G'aniev, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo'raev, O'zbekiston Belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, CHirchiq shahar hokim o'rinbosari Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Yulduz Jumaeva, universitet prorektorlari, Paralimpiya va Kurash fakulteti dekanlari, professor-o'qituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida faxrli mehmon o'zining qo'lga kiritgan yutuqlari hamda erishgan muvaffaqiyatlari siri bilan o'rtoqlashdi va mamlakatimizda milliy sport turlari, paralimpiya sport turlarini rivojlantirish, shu qatorda ularda xotin-qizlar ishtirokini taminlash yuzasidan o'ziga xos fikr-mulohazalar bildirdi. Talabalar ham uchrashuv qaxramoniga o'zlarini qiziqtirgan savollarini yo'llashdi. 

SHuningdek, mehmon tomonidan Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti A. G'anievga hamkorlik uchun minnatdorchilik ramzi sifatida tashakkurnoma topshirildi. Eng yaxshi savol egasiga esa Rima Batalovaning mualliflik kitobi sovg'a qilindi. O'z navbatida universitet rahbariyati ham Rima Batalovaga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari taqdim etdi.

Davra suhbatidan so'ng faxrli mehmon universitet rektori, professor M. Boltabaev boshchiligidagi rahbariyat jamoasi ishtirokida universitet muzeyi va TTJda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bundan tashqari R. Batalova mezbonlar bilan birgalikda universitet hududida esdalik uchun ko'uchat ekdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing