05 sen 10:45
Yangiliklar

CAFA Nations Cup. Bugun Qirg'iz Respublikasiga qarshi maydonga tushamiz
O'zbekiston milliy terma jamoasi guruhning 3-turida Qirg'iz Respublikasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 19:30 da "Olimpiya" stadionida start oladi.
Guruhning birinchi uchrashuvi esa "Jar" stadionida bo'lib o'tadi. Unda O'mon Turkmanistonga qarshi bahs olib boradi. Bu o'yin soat 17:00da boshlanadi. So'nggi tur oldidan O'mon va O'zbekiston 4 ochkodan jamargan, to'plar nisbati ham bir xilda. Bu ikki jamoaning o'zaro o'yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Finalga chiqishimiz uchun bugun O'mondan ko'ra ko'proq gol urishimiz talab etiladi. Tojikistonda o'tgan "V" guruhi o'yinlarida Eron terma jamoasi 1-o'rinni egalladi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Eronliklar bugun Toshkentga etib kelishadi. Tojikiston esa o'z ishtirokini yakunladi. Hindiston guruhda 2-o'rinni egalladi va endi musobaqaning bronza medali uchun kechadigan o'yinda maydonga tushadi.
Fikrlar