So’nggi yangiliklar

12:43АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди 0 12:21Анвар Анваров Бриллиант лига турнирида ғалаба қозонди 0 12:00Жон Жонс Чимаев билан бирга машғулот ўтказиш истагини билдирди 0 11:39Олимпиада чемпиони ММАда дебют қилади 0 11:18Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 10:57Буни кутмаганингиз аниқ: Жервонта Дэвис Жейк Пол билан жанг қиладиган бўлди 0 10:36Гандболчиларимиз Осиё чемпионатини йирик ҳисобдаги ғалаба билан бошлади 0 10:15Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов ниҳоят илк очкосини қўлга киритди 0 09:54ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк ўйинида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади 0 09:33"Одамлар 25 дақиқа қучоқлашиб турган йигитларни томоша қилмайди". Коста Чимаевни танқид қилди 0 09:12Биволнинг менеджери Бетербиев билан трилогия ҳақида гапирди 0 08:51Чимаев унга қарши жанг қилиш истагини билдирган де Риддерга жавоб берди 0 08:30Мессисиз "Интер Майами" Лига кубогининг 1/2 финалига йўл олди 0 08:09Исроил Мадримов Кроуфорд ниманинг эвазига Канелони мағлуб этиши мумкинлигини айтди 0 07:48Каратэчиларимизнинг Жаҳон чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0

23 iyu 11:49
Yangiliklar

Boshqalar

Ilmiy tadqiqotlar bo'yicha xorijiy tajribalar o'rganilmoqda

Ilmiy tadqiqotlar bo'yicha xorijiy tajribalar o'rganilmoqda

Ayni kunlarda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Boltabaev hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlari instituti direktori Rashid Matkarimov Latviya va Litva davlatlarida sport talim tizimi hamda ilmiy tadqiqot muassasalari bo'yicha tajriba almashish maqsadida xizmat safarida bo'lib turishibdi.

Yurtimiz vakillari tashrif doirasida Riga shahrida joylashgan Latviya sport talimi akademiyasi rahbariyati bilan uchrashishdi. Unda o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, yosh olimlarni o'zaro tajriba almashish tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvga erishildi hamda ikki tomonlama hamkorlik bitimi imzolandi.

Universitetimiz delegaciyasi Litva sport universiteti tarkibidagi Sport va innovaciyalar tadqiqot institutida ham bo'ldi. U erdagi sportchilar o'quv-mashg'ulot yig'inlarida foydalaniladigan mobil laboratoriyalar, atletlarning sakrash kuchini o'lchab beradigan “BTS bioengineering” hamda zamonaviy “biomech” apparatlari vakillarimizda katta qiziqish uyg'otdi.

Laboratoriya xodimlari tomonidan zamonaviy texnika vositalarini qanday ishlatilishi, kunlik meyorlari haqida tushuncha berildi. Uchrashuv so'ngida Litva Sport va innovaciyalar tadqiqot instituti bilan hamkorlikda faoliyat olib borish masalalari kelishib olindi.

Takidlash joiz, mazkur safar Prezidentimiz tomonidan 23 may kuni sport talimini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish, murabbiylar tayyorlashdagi ustuvor vazifalar yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida tashkil etilgan.

Hamyurtlarimizning Boltiqbo'yi davlatlariga tashrifi 24 iyungacha davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing