21 avg 09:33
Yangiliklar
Boks/MMA

"Odamlar 25 daqiqa quchoqlashib turgan yigitlarni tomosha qilmaydi". Kosta CHimaevni tanqid qildi
UFC jangchisi Paulo Kosta yangi chempion Xamzat CHimaev haqida fikr bildirdi.
"Bu shou, bu ko'ngilochar voqelik. Bunday jangchilar biznesni yo'q qilish xavfini keltirib chiqaradi. Meni hayratga solgani — jangdan keyingi matbuot anjumanida Dana Uayt: “U alo darajada jang qildi”, dedi. Yo'q, bu haqiqat emas. U juda yomon jang qildi. Bu muxlislar uchun dahshat.
Bilaman, UFC Paramount va CBS bilan shartnoma tuzdi, lekin odamlar boshqa narsa ko'radi. Ular 25 daqiqa quchoqlashib turgan jangchilarni tomosha qilmaydi", — dedi Kosta.
Havola :
Manba : MMA Insight
Fikrlar