So’nggi yangiliklar

18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0

10 noy 07:43
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Indoneziya Olimpiada-2032 uchun davogar

2018 yilgi yozgi Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilgan Indoneziya 2032 yilgi Olimpiya o'yinlarini ham qabul qilmoqchi.

Masala davlat darajasigacha ko'tarilgan. Prezident Joko Vidodo Vazirlar Mahkamasiga takliflarni muvofiqlashtirish qo'mitasini shakllantirish va mamlakat salohiyatini targ'ib qilish yuzasidan batafsil reja ishlab chiqish to'g'risida ko'rsatma berdi.

XOQ tomonidan saylovoldi tashviqoti hali rasman elon qilingani yo'q. Tashkilot potencial nomzodlardan hujjatlarni faqat 2023 yilda qabul qilishni boshlaydi, ammo o'yinlar mezbonligiga davogarlar etarli. Yoz oyida qatarliklar o'z qiziqishlarini bildirishgan edi. Yaqin SHarqdagi hamkasblarining faol harakati Indoneziya Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Raju Sapta Oktoxarini qatiy choralar ko'rishga undadi. U XOQqa yozma bayonot berib, mamlakat rasmiylaridan Jakarta nomzodini ilgari surishda qo'llab-quvvatlashini so'radi.

Malum bo'lishicha, ushbu murojaat etiborsiz qolmagan ko'rinadi. Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo hukumat azolarini XOQga topshiriladigan arizani muhokama qilish uchun yig'di.

– Mamlakatimiz 2018 yilgi Osiyo o'yinlariga muvaffaqiyatli mezbonlik qildi. Bu Indoneziyaning dunyo miqyosida xalqaro sport tadbirlarini o'tkazish uchun munosib joy ekanligiga ishonchni oshiradi, – dedi Joko Vidodo.

Jakarta Post xabariga ko'ra, davlat rahbari byudjet va koncepciyani batafsil o'rganish bilan shug'ullanadigan, shuningdek, barcha kerakli tadqiqotlarni olib boradigan ariza komissiyasini tuzishga buyruq bergan. Uning asosiy vazifasi Indoneziya nomzodini raqiblariga nisbatan ijobiy ustunligini aniqlab olishdir.

Ikki yil muqaddam Osiyo o'yinlari mamlakatning bir nechta shaharlarida bo'lib o'tgan edi, ammo poytaxt Jakarta musobaqaning asosiy masuliyatini zimmasiga olgani malum. Indoneziya MOQ prezidenti Raja Sapta Oktoxari Olimpiya o'yinlari mezbonligiga faqat Jakartani kiritish kerakligini takidlamoqda. SHu bilan birga, muqobil koncepciya ham mavjud. U ham bo'lsa, sport anjumanini davlatning amaldagi poytaxti va SHarqiy Kalimantan viloyatida barpo etilayotgan yangi poytaxt o'rtasida taqsimlash.

Eslatib o'tamiz, Indoneziya va Qatardan tashqari, Avstraliyaning Kvinslend shtati ham 2032 yilgi o'yinlarga davogarlik qilmoqda. Biroq, pandemiya bois Yashil qita vakillari ariza berish jarayonini to'xtatib turishga qaror qilishdi. SHimoliy Reyn-Vestfaliya mintaqasining 13 shahrida musobaqalar o'tkazishni istagan Germaniya ushbu loyihaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. SHu paytgacha individual bayonotlar bilan cheklanib kelayotgan Turkiya ham poygaga qo'shilishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing