27 iyu 13:35
Yangiliklar

Jeyk Pol: "WBA va WBC meni reytingga kiritish ustida ishlamoqda"
"Maqsadim jahon chempioni bo'lish. WBA va WBC meni ko'rsatkichlarimga qarab reytingga kiritishni rejalashtirmoqda. Reytingga kirganimdan keyin chempionlik uchun kurasha olaman. U jiddiy raqib, sobiq jahon chempioni. Bu ajoyib sinov — yakunda chempionlik jangiga tayyorgarlik ko'rish uchun o'n raund", deydi Pol.
WBC qoidalariga ko'ra, chempionlik jangi uchun davogar eng yaxshi 15 ta bokschi kiritilgan reytingdan joy olishi kerak. Og'ir vazn toifasida chempionlik kamari Badu Jekka tegishli.
WBA tashkiloti esa bokschilarni bir qancha mezonlar, jumladan, ularning rekordi, faolligi va raqiblari darajasiga qarab baholaydi. Bundan tashqari, WBA reytingiga kirish uchun sportchi kamida ikkita o'n raundlik jang o'tkazishi kerak.
Fikrlar