So’nggi yangiliklar

18:43Тоғли Дукентда машғулотлар жадал суратда давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:22Миллий терма жамоамиз Мужу Гран-При Челленжерида иштирок этади 0 18:01Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади? 0 17:40Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов яна очко олди 0 17:19Спорт вазири ўринбосари "Содиқ хизматлари учун" медали билан тақдирланди 0 16:58Нурсултон Рўзибоев Хамзат Чимаевнинг жамоасидаги машғулотлари ҳақида гапирди 0 16:37Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади 0 16:16Рамазон Темировнинг укаси ATFC турнирида жанг қилади 0 15:55Чунгвон Чой Бутунжаҳон таэквондо федерацияси Президентлигига ягона даъвогар сифатида кўрсатилди 0 15:34LFA билан шартнома имзолаган Азизбек Темиров кейинги жангини Тошкентда ўтказади 0 15:13Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди 0 14:52Исроил Мадримов: "Баҳона йўқ, ўша куни Ортис кучлироқ бўлганди" 0 14:31Бутунжаҳон ўсмирлар Олимпиадасида муваффақиятли иштирок этган шахматчиларимиз муносиб кутиб олинди 0 14:10IBF чемпиони Опетая оғир вазнга ўтиши мумкин 0 13:49Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум 0

07 avg 07:25
Yangiliklar

Velosport

Islom Birdamligi o'yinlari. Uchta medal bilan uchinchi o'rindamiz

Turkiyaning qadim Konya shahrida islom davlatlari o'rtasidagi V Islom Birdamligi o'yinlari davom etmoqda.

Xabaringiz bor, islom olamidagi ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasining 265 nafar atleti 23 ta sport turi bo'yicha yurtimiz sharafini himoya qiladi. Birinchilardan bo'lib velosportchilarimiz sportchilarimizning ishtirokini boshlab berdi. 

Velosportning trek yo'nalishida kechgan musobaqaning kechagi kuni 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdik. Qozog'iston terma jamoasi ushbu bahslarda 2 ta oltin, 1 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

Yangi qurib bitkazilgan Konya Olympic Velodrome trekida kechgan musobaqasining ayollar o'rtasidagi individual poyga bahslarida 14, erkaklarda esa 24 nafar ishtirokchi medallar uchun startga chiqdi. 

Ayollar o'rtasidagi individual poygada qozog'istonlik Rinata Sultonova oltin, hamyurtimiz Yanina Kuskova kumush, yana bir qozoq velosportchisi Marina Kuzmina bronza medalini qo'lga kiritdi. 

Erkaklar o'rtasidagi bahslarda esa oltin medal taqdiri qozog'istonlik sportchilar o'rtasida hal bo'ldi. Alisher Jumaxan Islom Birdamligi o'yinlari chempioni, Dmitriy Noskov kumush medal sohibiga aylandi. Bu yo'nalishda hamyurtimiz Aleksey Fomovskiy bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

SHu tariqa, ikki kunlik velotrek musobaqasi yakuniga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Ilk kungi bahslarda Sofiya Karimova terma jamoamizga ushbu musobaqadagi ilk medalni taqdim etgan edi.

Bugungi kun bellashuvlari oldidan Qozog'iston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallab turibdi. BAA terma jamoasi 1 ta oltin medal bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka O'zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan yakun yasagan. Keyingi o'rinlardagi Eron va Malayziya delegaciyalarida 1 tadan kumush medal bor. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing