So’nggi yangiliklar

01:48Жаҳонгир Зокиров ҳам Жаҳон чемпионатида муваффақиятли старт олди 0 23:50Шодиёр Мелиқўзиев ЖЧни нокаутли ғалаба билан бошлади 0 22:52Бокс. Ҳуморабону Мамажонова ҳам ЖЧни ғалаба билан бошлади 0 21:28CAFA Nations Cup - 2025. Ўзбекистон Қирғизистонни йирик ҳисобда мағлуб этди ва финалга йўл олди 0 18:11ФОТО: Ўзбек бокси юлдузларининг болаликда тушган суратларини кўрганмисиз? 0 17:46Тошкентда Сквош ва Падел федерацияси тантанали равишда очилди 0 17:05Бектемир Мелиқўзиев қўллаб-қувватлаш мақсадида Муроджон Аҳмадалиевнинг ёнига борди (ВИДЕО) 0 16:39Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди 0 16:16"Чимаев билан жанг тарихий бўлади" - Имавов 0 15:51UFC Paris турнири иштирокчилари тарозига чиқди: битта жанг бекор бўлди 0 15:25"Ўзимни ажойиб ҳис қиляпман". 39 ёшли Деонтей Уайлдер яна 10 йил жанг қилиш ниятида 0 15:01Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими? 0 14:39"Усик фаолиятини якунлаши керак" - мураббий 0 14:17"Бу унинг соғлигига таъсир қилади". Майк Тайсон — Флойд Мейвезер билан жанг ҳақида 0 13:55"Бу кўргазмали жанг мухлисларга улар хоҳлаган нарсани беради". Мейвезер — Тайсон билан жанг ҳақида гапирди 0

31 avg 15:15
Yangiliklar

Kurash

ITA kurash bo'yicha o'zbekistonlik Jahon chempionini diskvalifikaciya qildi

Teglar :  DopingErkin Qozoqov
Bu haqda xalqaro kurash assosiaciyasi xabar berdi.

"O'zbekistonlik Erkin Qozoqov 2024 yil 17 dekabr kuni Toshkentda bo'lib o'tgan Butunjahon Professionallar Seriyasi (WSP) final bosqichida doping nazorati chog'ida taqiqlangan modda bo'lgan meldoniy aniqlangan. Sportchi antidoping qoidasi buzilganini tan oldi va ITA tomonidan ko'rilgan choralarni qabul qildi. Natijada, uning diskvalifikaciya muddati avvalgi to'rt yildan uch yilga qisqartirildi.

Erkin Qozoqov 2025 yilning 30 yanvaridan 2028 yilning 29 yanvarigacha barcha rasmiy musobaqalardan chetlashtirildi. Uning 2024 yil 17 dekabrdan buyon barcha natijalari ham diskvalifikaciya qilinadi.

Yana bir jahon chempioni turkmanistonlik Dayanch Omirovda metandienon va meldoniy metabolitlari aniqlangan. Ushbu moddalar WADA 2025 ro'yxatida qatiyan taqiqlangan va sportchilarda mushaklarning massasini, kuchini va chidamliligini suniy ravishda oshirish uchun ishlatiladi. 2025 yil 18 iyun kuni to'plangan musobaqadan tashqari namuna sportchining antidoping qoidalarini buzganligini ko'rsatdi.

Dayanch Omirov vaqtinchalik chetlatildi. U B namunasini tahlil qilishni talab qilish huquqiga ega. Agar B namunasi bir xil natijani bersa, uning ishi yakuniy qoidabuzarlik sifatida qayd etiladi.

Malumot uchun: Erkin Qozoqov va Dayanch Omirov 2023 yili Ashxobodda bo'lib o'tgan kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi XIV jahon chempionatida o'z vazn toifasida g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Ularning hozirgi doping ishi chempionat natijalariga tasir qilmaydi", deyiladi tashkilot xabarida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing