06 sen 01:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahongir Zokirov ham Jahon chempionatida muvaffaqiyatli start oldi
Liverpul shahrida boks bo'yicha JCHning ikkinchi kun bellashuvlari nihoyasiga etdi.
Musobaqada eng og'ir vazn toifasi - +90 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jahongir Zokirov ilk jangini Jazoir vakili Murad Kadiga qarshi o'tkazdi va 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Qayd etish lozimki, bokschimiz 3-raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi.
Endi Jahongir navbatdagi jangini 8 sentyabr kuni Germaniya yoki Dominikan vakiliga qarshi o'tkazadi.
Malumot uchun, JCHning ikkinchi kuni davomida Jahongirdan tashqari Humorabonu Mamajonova va SHodiyor Meliqo'ziev jang o'tkazib, g'alabaga erishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar