24 avg 13:19
Yangiliklar

Telmanov Junior Asian Cup 2025 g'olibi! Abdurazzoqovda ikkita medal, Himmatov ham shohsupada
Dastlabki ikki kun o'smirlar o'rtasida g'olib va sovrindorlar aniqlangandi. Kechadan yoshlar ishtirokidagi Osiyo Kubogiga start berildi. Ushbu yosh toifasida uch nafar o'zbekistonlik dzyudochilar ham ishtirok etdi va quvonarlisi, ularning bari shohsupaga ko'tarildi.
Terma jamoamiz azosi Inoyat Telmanov -73 kg vaznda barcha raqiblarini engib, Amman Junior Asian Cup 2025 chempioniga aylandi. U musobaqa davomida livanlik Botrus Tarabay, iordaniyalik Harun Ekbarieh, yana bir mezbon sportchi Abdel Rahmon Ayyalslman va quvaytlik Fahad Al Enazini mag'lub etdi.
Azizbek Himmatov -66 kg vazn toifasida musobaqa bronza medalini qo'lga kiritdi. U bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvlarida iordaniyalik Adam Altalafa va saudiyalik Saud Alzahranini taslim etdi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa 1/2 finalda engilgan IJF bayrog'i ostidagi rossiyalik dzyudochi Bilal Ezxaevni mag'lubiyatga uchratdi.
Jamoamizga yana bir bronza medalini Kamron Abdurazzoqov (-73 kg) taqdim etdi. U ikki kun avval Iordaniyadagi Osiyo Kubogining kadetlar o'rtasida o'tkazilgan musobaqasida kumush medalga sazovor bo'lgandi. Demak, u ikki kun oralig'ida bitta shaharda o'tkazilgan musobaqada ikkita medalga ega chiqdi. Abdurazzoqov bronza medali uchun bahsda livanlik Botrus Tarabayni engdi.
Fikrlar