So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

18 dek 07:22
Yangiliklar

Boshqalar

Janubiy Koreya elchisi O'zDJTSUga 50 million so'mdan ortiq sport anjomlari sovg'a qildi

Teglar :  O'zDJTSUKoreya
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Janubiy Koreyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Kan Je Kvon tashrif buyurdi.

Dastavval elchi janoblari universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. SHundan so'ng universitet rektori Mahmud Boltabaev va mehmonlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasidagi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati, oliy talim muassasalarining o'rni, o'qituvchilar hamda talabalar almashinuvi xususida so'z yuritildi. Hamkorlik ko'lami bo'yicha taklif-mulohazalar bildirildi hamda uni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

SHuningdek, uchrashuvda mehmonlarga O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida amalga oshirilayotgan qurilish-tamirlash ishlari bo'yicha taqdimot qilindi.

Uchrashuv yakunida mehmonlarga estalik sovg'alari topshirildi. O'z o'rnida elchi janoblari Kan Je Kvon taekvondo talim yo'nalishi talabalari uchun universitetga qiymati 50 million so'mdan ortiq bo'lgan dobok, protektor, mitta va boshqa sport anjomlarini sovg'a qildi.

Malumot uchun: 2008 yildan buyon universitetida taekvondo talim yo'nalishiga talabalar qabul qilinmoqda. SHu yillar davomida mazkur yo'nalish bo'yicha 352 nafar oliy malumotli mutaxassislar etishib chiqdi va hozirda ular respublikamizning turli viloyatlarida o'z faoliyatlarini muvaffaqiyatli davom ettirishyapti. Hozirgi kunda taekvondo talim yo'nalishida 310 nafardan ortiq talaba yoshlar tahsil olishmoqda.

Taekvondo mutaxassisligini tugatgan talabalar orasidan Akmal Ergashev, Evgeniya Karimova, Irina Dirgach, Jasur Boyqo'ziev hamda Nikita Rafalovich singari xalqaro toifadagi sport ustalari, jahon chempionati sovrindorlari va Osiyo o'yinlari g'oliblari etishib chiqqan.

SHuningdek, universitetda bir necha yillardan buyon Janubiy koreyalik professor Baek Mun Jong talabalarga taekvondo sporti sir-asrorlarini o'rgatib kelmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing