So’nggi yangiliklar

19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0

20 noy 20:40
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan etibor, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi

Bugun Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligida O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan etibor, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

Anjumanda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha ilmiy metodik taminlash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi rahbari Ilhomjon Tursunaliev, Iqtisodiy tahlil, moliya va investiciyalar boshqarmasi boshlig'i Zafarbek Usanov hamda vazirlikning tegishli mutasaddi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda dastavval O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O'zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori muhokama qilindi.

– Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev rahbarligida joriy yilning 4 sentyabr kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida oldimizga sohadagi mavjud muammolarning echimi bo'yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalar ijrosini taminlash bo'yicha kuni kecha Bosh vazirimiz ikkita muhim hujjatga, yani Vazirlar Mahkamasi qarorlariga imzo chekdilar. O'ylaymizki, mazkur qarorlar sohada xizmat qilayotgan mutaxassis-trenerlar, rahbar xodimlar, olimpiada sovrindorlari, qo'yingki sport bilan shug'ullanuvchi barcha insonlarning hayoti va faoliyatida juda katta engillik yaratish, ularning yanada yaxshi mehnat qilishlari uchun sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Ochig'ini aytadigan bo'lsak, mazkur qaror – ichimizda saqlab yurgan dardimiz edi. Qarordagi dastlabki o'zgarish, barchangizga malum, 8 yil davomida mutaxassis-trenerlar har 3 yilda trenerlik licenziyalarini yangilashlari lozim bo'lgan. Ushbu ruxsatnomalarni yangilash ikki bosqichdan iborat bo'lgan. Birinchisi, test bosqichi bo'lib, unda qanday savollar tuzilgan va uni kim tuzgan, o'zi bunga trener javob berishi shartmi yo yo'qmi, o'zi bu savollar trenerning asosiy vazifalariga qanchalar mos keladi, degan ko'plab etirozlarga sabab bo'layotgandi. Prezidentimiz mazkur masalani ham uzil-kesil hal qilish bo'yicha topshiriq bergan edilar. SHunga asosan, 2019 yil 1 dekabrdan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan trenerlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning filiallari bazasida har 5 yilda attestaciyadan o'tkaziladi. Bunda eng asosiy mezon sifatida trenerning yil davomida erishgan natijalari hisobga olinadi. Mazkur jarayonda oldimizga qo'ygan birinchi maqsadimiz – tizimda shaffoflikni taminlash, korrupciyaning oldini olish va bevosita trener qilishi kerak bo'lgan ishi nuqtai nazaridan bundan buyog'iga ruxsatnomasini oladi. Bu ham shu vaqtga qadar oldimizda turgan juda katta muammo edi. Hatto vaziyat shu darajaga etib bordiki, chempionlar, terma jamoa azolarini tayyorlagan trenerlar ham testlarga javob berolmasdan sohani tark etishga majbur bo'lgan. Natijada shu paytga qadar mingga yaqin malakali mutaxassislarni yo'qotdik.

Bundan tashqari, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 4 yillik talim standartini bosib o'tgan talabamiz ham shu tizim orqali ruxsatnoma olishi kerak edi. Bunga ham barham berildi va endi unga ham diplom bilan birgalikda trenerlik qilishi uchun 5 yillik ruxsatnoma beriladigan bo'ldi. Bu esa tizimda faoliyat yuritishlari uchun talabalarimizning oldida turgan to'siqlarni olib tashladi. O'ylaymanki, bu ishlar yaqin kelajakda o'zining yuksak samarasini beradi. Fursatdan foydalanib, avval mazkur tizimda ishlab, yuqoridagi qiyinchiliklar oqibatida sohadan uzoqlashishga majbur bo'lgan trenerlarni ham endi o'zlari sevgan ish bilan qayta shug'ullanishlariga chaqirib qolgan bo'lardim.

SHu bilan birga, qilingan o'zgarishlardan yana biri Prezidentimizning topshiriqlariga asosan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy gvardiya tasarrufidagi sportga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining direktor va direktor o'rinbosarlari va trenerlar, instruktor-metodistlarining oylik maoshlari 1,35 baravarga oshirildi. O'ylaymanki, bu o'zgarishlar ham chaqirig'im uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Natijada bu sportning ommaviyligi va selekciya ishlari uchun ko'mak beradi, – dedi Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev matbuot anjumanida.

SHuningdek, anjumanda Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha ilmiy metodik taminlash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi rahbari Ilhomjon Tursunaliev ham so'zga chiqib, Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorini bugun jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko'rsatayotgan insonlar mamnuniyat bilan qarshi olgani, ushbu hujjat vositasida sohada mavjud ko'plab muammolar ijobiy echim topganini alohida takidladi.

Darhaqiqat, o'tgan 8 yil davomida o'zbek sporti ancha murakkab davrlarni boshdan kechirdi. Tasavvur qiling, qandaydir test tufayli shu davr mobaynida nafaqat O'zbekiston, balki qita va jahon chempionlarini tarbiyalagan tajribali trenerlar ham tabir joiz bo'lsa “ko'chaga chiqarib qo'yildi”. Trener bo'lmagach, tabiiyki yosh va iqtidorli sportchilar ham etishib chiqmaydi. Bu esa selekciya jarayonining pasayishi, o'z navbatida milliy terma jamoalarda avlodlar almashinuvining juda sust amalga oshirilishi va natijalarimizning keskin darajada pasayib ketishiga sabab bo'ladi. SHu manoda “O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O'zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori soha rivojida yangi davrni boshlab beradi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing