So’nggi yangiliklar

20:09Рио-де-Жанейродаги UFC турнирининг асосий жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:55Гринвуд "Ал Насср"га ўтишга розилик берди 0 17:34Царукян: "Топурия менга ютқазишини сезмоқда, камарни топшириб қўйгани яхшироқ" 0 17:13Разамбек Жамалов Баҳодир Жалолов билан ҳордиқ чиқармоқда (ВИДЕО) 0 16:52Антидопинг агентлиги Лазизбек Мулложоновнинг вазияти бўйича маълумот берди 0 16:31Суперлига. "Насаф", "Динамо", "Бунёдкор" ва "Нефтчи" меҳмонда ютқазмаяпти 0 16:11Дю Плесси: "Чимаев зўр курашчи, лекин бу ММА" 0 15:50Терма жамоамиз дзюдочилари машғулотларда кучга ишлашяпти (ФОТО) 0 15:29Имавов нима учун дю Плесси — Чимаев жанги учун захира жангчи бўлишдан бош тортганини айтди 0 15:08"Буларнинг барчаси миш-миш" - Игорь Сергеев МТЖга хорижлик мураббий келиши мумкинлиги ҳақида 0 14:47"Ислам Махачев жуда қийин вазиятда" - Соннен 0 14:26Милан ва Кортина д'Ампеццо-2026 қишки Олимпия ўйинлари бошланишига 6 ойдан камроқ вақт қолди 0 14:05Жалоловнинг Усик билан жанги қачон бўлиши мумкинлиги айтилди 1 13:44U-17 аёллар Осиё Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон рақибларини билиб олди 0 13:23Хотамбек Бойназаров: "Хамзатнинг ўзи сени UFC'га ўтказаман, деди" 0

04 apr 05:49
Yangiliklar

Boks/MMA

Kambosos: "Lomachenko bilan jang Xeyniga qaraganda ahamiyatliroq edi"

Avstraliyalik chempion Jorj Kambosos navbatdagi jangi haqida fikr bildirdi.

Engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Jorj Kambosos keyingi raqibini tanlash tafsilotlari haqida gapirdi. Avstraliyalik bokschining so'zlariga ko'ra, bu jangga ikki nomzod — Vasiliy Lomachenko va Devin Xeynini ko'rib chiqqan.

"Lomachenko va Xeyni birgalikda mening maqsadlarim sirasiga kirardi. Menda har doim Devin Xeyni yoki Vasiliy Lomachenko bilan shunday poziciya yuzaga kelgan. Biznes — bu biznes, shaxsiy ish emas. Men biror kishini boshqasidan afzal ko'rmadim. Imkonim bo'lganida, har ikkisi bilan bir kechada jang qilgan bo'lardim".

Kambosos Lomachenko bilan jang qilishni xohlaganini tan oldi.

"ESPN bilan bitim, Lu Dibella bilan kelishuv va uning so'rovlarini o'ylab ko'radigan bo'lsak, Lomachenko bilan jang yanada ahamiyatliroq edi. O'n yil davomida qattiq mehnat qildim, qiyin yo'lni tanladim, butun dunyoni ko'rdim. Kam pul ishlab topdim, umuman pul topmadim desam ham bo'ladi. Aksincha. boks cho'qqisiga chiqish uchun pul yo'qotdim".

SHuningdek, Jorj Teofimo Lopesni mag'lubiyatga uchratgani kelajagi uchun muhimligini takidladi.

"Diviziondagi eng yaxshi bokschini yutdim, tug'ilgan shahrida chempionlik kamarini tortib oldim. SHunday ekan, o'z so'rovimni berishga, buni o'zim hal qilishga loyiqman", - dedi Kambosos FightHype You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Malumot o'rnida, Kambosos navbatdagi jangini Xeyniga qarshi o'tkazadi. Bokschilar iyun oyida jang qiladilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing