07 avg 17:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Carukyan: "Topuriya menga yutqazishini sezmoqda, kamarni topshirib qo'ygani yaxshiroq"
UFC jangchisi Arman Carukyan amaldagi chempion, gruziyalik Iliya Topuriyaga qarshi ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
"U bu jangda mag'lub bo'lishini his qilyapti, shuning uchun kamarni topshirgani maqul. Va men bilan nima bo'lishini kuzatib turadi. U men katta muammo ekanimni biladi. Men uning kamarini olish niyatidaman. SHu bois u Peddi va Getji kabi engil raqiblar bilan jang qilib, shunchaki pul topish va kamarni himoya qilishni xohlayapti. Men bilan unga juda og'ir bo'ladi", — deya Carukyanning so'zlarini keltirdi MMAJunkie nashri.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar