So’nggi yangiliklar

20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0

07 avg 16:52
Yangiliklar

Boks/MMA

Antidoping agentligi Lazizbek Mullojonovning vaziyati bo'yicha malumot berdi

Teglar :  Lazizbek Mullojonov
Avvalroq, o'zbekistonlik bokschi, Parij Olimpiadasi g'olibi Lazizbek Mullojonov antidoping qoidalarini buzganlikda gumon qilinayotganini xabar qilgandik.

O'zbekiston Milliy Antidoping agentligi vaziyatga munosabat bildirdi.

"Parij-2024 Olimpiya o'yinlari g'olibi Lazizbek Mullojonovdan joriy yil 11 iyundagi olingan doping sinamada Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning “Sportda taqiqlangan moddalar va usullar ro'yxati”da S1.1 anabolik agentlar guruhiga kiritilgan “Metasteron” (Methasterone) taqiqlangan moddasi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan Xalqaro Testlash agentligi (ITA) tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda. O'rganishlar, xususan, sportchi tomonidan mazkur taqiqlangan moddani terapevtik istisnolar xalqaro standartining 4.1 moddasiga muvofiq terapevtik maqsadlarda ishlatilganligi bo'yicha ham surishtiruvlar olib borilishini o'z ichiga oladi. Mazkur holatda, agar taqiqlangan modda istisno tarzida terapevtik maqsadlarda qo'llanilgan deb topilsa, sportchiga diskvalifikaciya jazo chorasi qo'llanilmasligi mumkin. SHunga muvofiq, surishtiruv va tahlil jarayonlari oxiriga etgachgina yakuniy qaror elon qilinadi.

Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillaridan yakuniy xulosaga ega bo'lmagan malumotlarni tarqatmaslikni va O'zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan rasmiy malumot elon qilinmasidan oldin asossiz xabarlarni tarqatmasliklarini so'raymiz. SHuni alohida takidlab o'tish joizki, mazkur qoidabuzarlik L.Mullojonovning undan doping sinama olingan kun, yani joriy yilning 11 iyun kuniga qadar ko'rsatgan natijalari, jumladan, Parij-2024 Olimpiya o'yinlaridagi oltin medaliga tasir o'tkazmaydi", deyiladi tashkilot xabarida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing