07 avg 20:09
Yangiliklar

Rio-de-Janeyrodagi UFC turnirining asosiy jangi tasdiqlandi + POSTER
Promoushen matbuot xizmati ushbu oqshomning asosiy jangini elon qildi. Besh raundga mo'ljallangan jangda ozarbayjonlik Rafael Fiziev engil vaznnning sobiq braziliyalik chempioni CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Oliveyra ayni paytda engil vazn UFC reytingida to'rtinchi, Fiziev esa 11-o'rinni egallab turibdi. Fiziev oxirgi jangini 21 iyun kuni Bokudagi UFC Fight Night turniri doirasida Ignasio Baxamondesga qarshi o'tkazib g'alaba qozongandi. Oliveyra esa UFC 317 turnirida Iliya Topuriyaga nokaut bilan yutqazgandi.
Rafael Fiziev MMAda 17 ta jang o'tkazgan bo'lib, 13 g'alaba va 4 mag'lubiyat qayd etgan. Tajribali CHarlz Oliveyra hisobida esa 35 g'alaba va 11 mag'lubiyat bor. Uning ishtirokidagi bitta jang o'tkazilmagan deb topilgandi.
Fikrlar