07 avg 13:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Xotambek Boynazarov: "Xamzatning o'zi seni UFC'ga o'tkazaman, dedi"
MMA bo'yicha yarim o'rta vazn toifasida UAE Warriors Ligasi chempioni, o'zbekistonlik Xotambek Boynazarov kelgusi rejalari haqida gapirdi.
"Menga hozir juda ko'p menejerlar shartnoma bo'yicha murojaat qilishyapti. To'g'ridan-to'g'ri UFC'ga o'tishim uchun. Xamzatning o'zi seni UFC'ga o'tkazaman, deyapti. Hozir In SHa Alloh jangini yaxshi o'tkazib olsin, undan keyin yangilik bo'lib qoladi. SHuncha kutdik, yana ozgina sabr qilib kutib turaylik", deydi Boynazarov.
Eslatib o'tamiz, Xotambek BAA vakili Xamzat CHimaevning Dyu Plessiga qarshi jangi uchun tayyorgarlik doirasida o'tkazilgan yig'inda ishtirok etgandi.
Havola :
Manba : uzcombat
Fikrlar