So’nggi yangiliklar

18:48Икки нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:27"Челси" учинчи либосини тақдим этди + ФОТО 0 18:06Уокер Анкалаевдан реванш олишни илинжида 0 17:45Энг ёш UFC жангчиси Рауль Росас UFC Noche турнирида ўзидан деярли 20 ёш катта рақибга қарши октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0 14:36U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди 0 14:15Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум 0

30 iyu 18:44
Yangiliklar

Ot Sporti

Konkur bo'yicha “Yoshlar kubogi”da chavandozlar 2 metr balandlikdan sakrashdi

Teglar :  Ot sporti
“Universal Jumping Agro” bazasida ot sportining konkur yo'nalishi bo'yicha "Yoshlar kubogi” musobaqasi bo'lib o'tdi

30 iyun – Yoshlar kuniga bag'ishlab tashkil etilgan musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 60 nafar mohir chavandoz g'oliblik uchun bellashdi.

O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan o'tgan tadbirda Agentlik raisi, Senator Alisher Sadullaev, O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi raisi Bahromjon Gaziev ishtirok etishdi. Musobaqa 4 toifada o'tkazilib, 1-2 yo'nalishlarda o'smirlar hamda yoshlar, 3-4 kategoriyalarda esa kattalar bahs olib bordilar. Bellashuvlar mobaynida 6 to'siqdan o'tish bahsi ko'pchilikning diqqat-markazida bo'ldi. Unda ishtirokchilar dastlab 110 cm, yakunda 2 metr balandlikdagi to'siqlardan o'tishdi. Musobaqa g'olib va sovrindorlari bilan tanishing:

12-14 yoshli bolalar, 110 sm (to'siq balandligi)
1. Dilshod SHokirov – “Alonso 43” (ot laqabi)
2. Dilshod SHokirov – “Flayt”
3. Abdulaziz Tolibjonov – “Zorro”

Yoshlar, 5-6 yoshli otlarda:
1. Temur Azizov
2. Alisher Erkinov
3. Ixtiyor O'sarov

14-21 yoshli sportchilar, 120 sm:
1. Temur Azizov – “Elaksta”
2. Elina Akramova – “Vild Bot”
3. Boburjon Valijonov – “Abaja Dos Darados”

6 to'siq:
1. Muhammaddiyor Raimjonov – “Solist”
2-o'rin sohiblari: Bahromjon Gaziev (“La Blyu Ruj”), Jasurbek Xotambekov (“Laki Star”), Elina Akramova (“Vild Bod”).

Yakunda birinchi o'rin sohiblari 30, kumush medal egalari 20 va uchinchi o'rinni band etgan sportchilar 15 million so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing