So’nggi yangiliklar

07:53МОҚ Бош котиби, "Дўстлик" ордени соҳиби Ойбек Касимов 45 ёшда! 0 07:32US Open. Қозоғистонлик теннис маликаси ғалаба билан бошлади 0 07:12Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" Непал клубини йирик ҳисобда ютди 0 20:11Ўзбекистон Осиё чемпионати 1/2 финалига чиқиш баробарида Жаҳон чемпионати йўлланмасини ҳам қўлга киритди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:43Тоғли Дукентда машғулотлар жадал суратда давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:22Миллий терма жамоамиз Мужу Гран-При Челленжерида иштирок этади 0 18:01Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади? 0 17:40Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов яна очко олди 0 17:19Спорт вазири ўринбосари "Содиқ хизматлари учун" медали билан тақдирланди 0 16:58Нурсултон Рўзибоев Хамзат Чимаевнинг жамоасидаги машғулотлари ҳақида гапирди 0 16:37Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади 0 16:16Рамазон Темировнинг укаси ATFC турнирида жанг қилади 0 15:55Чунгвон Чой Бутунжаҳон таэквондо федерацияси Президентлигига ягона даъвогар сифатида кўрсатилди 0 15:34LFA билан шартнома имзолаган Азизбек Темиров кейинги жангини Тошкентда ўтказади 0 15:13Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди 0

17 avg 22:31
Yangiliklar

Qilichbozlik, Boshqalar, Karate, Kikboksing

Konya-2021: 17 avgust kuni g'olib va sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati

Turkiyada Islom birdamligi o'yinlari o'z nihoyasiga etib bormoqda.

Bugun, 17 avgust kuni musobaqada ishtirok etuvchi o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid yangiliklarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

SAHIFANI YANGILASH



Karate. Sadriddin Saymatov finalda marokashlik raqibini mag'lub etdi va oltin medal sohibiga aylandi. 


Karate. Sevinch Rahimova bronza medalini qo'lga kiritdi. 


Suzish. 4x100 aralash estafetasida oltin medal qo'lga kiritdik!


Sport gimnastikasi. Dildora Oripova ko'pkurashda kumush medalga sazovor bo'ldi. 


Suzish. Aleksey Tarasenko oltin, Xurshidjon Tursunov kumush medalni qo'lga kiritdi. 


Sport gimnastikasi. Oksana CHusovitina, Dildora Aripova va Omina Xalilovalardan iborat O'zbekiston ayollar terma jamoasi kumush medalni qo'lga kiritishdi. Birinchi o'rinni Turkiya terma jamoasi egalladi.

Kamondan otish. Amirxon Sadikov va Ziyodaxon Abdusattorova mikst yo'nalishida bronza medalini qo'lga kiritdi.


Qilichbozlik. Rapira. Ayollar. Finalda Turkiyaga 33:45 hisobida yutqazdik. Kumush.


Kikboks. Nazarbek Mahmudov, Jamoliddin Nasirov, Faxriddin Eminov, Navro'z Jumanazarov kumush, Nurbek Urushboev bronza medalini qo'lga kiritdi. 


Karate. Sadriddin Saymatov finalga chiqdi.


Qilichbozlik. SHpagachi qizlarimiz Senegalni mag'lub etishdi. Bronza


Karate. Sadriddin Saymatov g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi. 


Qilichboz yigitlarimiz jamoaviy sablyada Mali terma jamoasini 45-34 hisobida mag'lub etishdi va bronza medaliga sazovor bo'lishdi.


Qilichbozlik. Sablya yo'nalishida yigitlarimiz ham yarim finalda Turkiyaga mag'lub bo'lishdi. Bronza yo'lidagi raqibimiz Mali bo'ladi. 


Qilichbozlik. SHpaga. Qizlarimiz yarim finalda mezbon Turkiyaga yutqazib qo'yishdi. Bronza uchun Senegal bilan kurashamiz. 


Dzyudo. Bugun musobaqada jamoaviy bellashuvlar o'tkazilmoqda. Ammo bazi jarohatlar sabab terma jamoamiz jamoaviy bahslarda ishtirok eta olmayapti. 


Karate. Vorisxon Zayniddinov (-60 kg) ham g'alaba bilan boshladi. 


Qilichbozlik. Jamoaviy sablyada yigitlarimiz Saudiya Arabistonini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqishdi. Navbatdagi raqib Turkiya. 


Qilichbozlik. SHpaga yo'nalishida erakalar terma jamoamiz Qirg'izistonni 45:36 hisobida mag'lub etishdi va bronza medalini qo'lga kiritishdi. 


Karate. -50 kg vaznli SHaxrizoda Ismatullaeva g'alaba bilan boshladi.


Suzish. Xurshidjon Tursunov va Aleksey Tarasenko 100 metrga erkin, Setora Odilova esa 200 metrga brass usulida suzish bo'yicha finalga yo'l oldi. 


Qilichbozlik. SHapagada jamoaviy bahslarda qatnashayotgan qizlarimiz Yamanni 45:21 hisobida mag'lub etishdi. Yarim finaldamiz.


Qilichbozlik. SHpagada jamoaviy bahslar yarim finalida yigitlarimiz Ozarbayjonga 32:45 hisobida yutqazib qo'yishdi. Bronza uchun Qirg'izistonga qarshi bellashamiz. 


Qilichbozlik. Rapira bo'yicha jamoaviy bahslarda qizlarimiz Qatarni 45:8 hisobida mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l olishdi. 



Bugun terma jamoamiz vakillari 7 sport turida g'oliblik uchun bahs olib borishadi:

Basketbol 3x3, yarim final: O'zbekiston – Ozarbayjon

Sport gimnastikasi: Oksana CHusovitina, Ominaxon Halilova, Dildora Aripova (ko'pkurash)

Karate: SHahrizoda Ismatullaeva (-50 kg), Sevinch Rahimova (-55 kg), Vorisxon Zayniddinov (-60 kg), Sadriddin Saymatov (-67 kg), Dostonbek Otabolaev (-75 kg)

Kamondan otish: yakkalik, jamoaviy va mikst dasturlar (Ziyoda Abdusattorova, Zebiniso Abdusattorova, Nilufar Hamroeva, Amirxon Sadikov, Ozodbek Ungalov, CHen Yao Yuy)

Qilichbozlik: Fayzulla Alimov, Roman Aleksandrov, Nodirbek Mo'minov, Javohir Nurmatov (jamoaviy shpaga, erkaklar), Umida Ilyasova, Kamila Mirzaeva, Ilayda Gedikli, Marjona Usmonova (jamoaviy rapira), SHahzoda Egamberdieva, Sevara Rahimova, Dilnaz Murtazaeva, Marjona Zubaydulloeva (jamoaviy shpaga, ayollar), Islambek Abdazov, Musa Aymuratov, Zuhriddin Qodirov, SHerzod Mamutov (jamoaviy sablya)

Suzish: Sitora Odilova (200 m brass), erkaklar va ayollar 4x100 kompleks estafeta, Oybek Xo'jaev va Eldorbek Usmonov (50 m batterflyay), Xurshidjon Tursunov va Aleksey Tarasenko (100 m erkin)

Kikboksing: 20 nafar sportchi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
17 avg 23:59:40
Тож
Is Moi LoVe foydalanuvchining fikriga javob berish
Dzyudochilarimiz ham jamoaviy baxslarda qatnashishsa kerak bugun. Shunga aniqlik kiritib beringlar
Бизникиларни қорни оғрибди, шунга чиқишмабди
   
17 avg 14:28:07
Is Moi LoVe
Dzyudochilarimiz ham jamoaviy baxslarda qatnashishsa kerak bugun. Shunga aniqlik kiritib beringlar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing