So’nggi yangiliklar

21:41Бутунжаҳон ёзги Универсиада ўйинларининг дзюдо баҳсларига қуръа ташланди 0 19:00"Усик фаолиятини якунлашини истардим" - Эдди Хирн 0 18:38ИНТЕРВЬЮ. "Чечен дўстларимнинг гаплари оғир ботди" — Холмурод Нурматов 0 18:16"Сўғдиёна" ўз футболчисининг товон пулини 1 миллион доллар этиб белгилаб қўйган экан 0 17:56Гусков, Уиттакер, "Гладиатор" ва бошқа UFC on ABC 9 турнири жангчилари медиа тадбирларни бошлашди + ФОТО 0 17:51"Холлоуэйнинг кейинги жанги чемпионлик учун бўлиши керак" - UFC чемпиони 0 17:24Ўзбекистон стол тенниси терма жамоасида хитойлик мураббийлар иш бошлаши мумкин 0 17:01Пётр Ян Двалишвили билан реванш истамоқда: "Мерабни мағлуб эта оламан" 0 16:39Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди 0 16:16Анкалаевнинг менежери Перейра билан реванш қачон бўлишини айтди 0 15:52Тбилисида қиличбозлик бўйича жаҳон чемпионати бошланди 0 15:31Тайсон Фьюри Дюбуа билан спарринг ҳақида қизиқарли воқеани айтиб берди 0 15:10Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди 0 14:49Олимпия шаҳарчаси ва Миллий футбол марказида қурилиш ишлари қандай кетмоқда? 0 14:38Нурсултон Рўзибоев ва Хамзат Чимаев жангга бирга тайёргарлик кўрмоқда (ФОТО) 0

23 jan 15:09
Yangiliklar

Og'ir atletika

Ko'plab rekordlar sohibi Erkin Karimov 80 yoshda + FOTOREPORTAJ

O'zbekiston og'ir atletikasi asoschilaridan hisoblangan Erkin ota Karimov qutlug' 80 yoshni qarshi oldi.

O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi tashabbusi bilan og'ir atletika bo'yicha o'z vaqtida bir qator rekordlar o'rnatib, jahon sport maydonlarida barchani lol qoldirgan, yuzlab shogirdlarni tarbiyalab kamolga etkazgan O'zbek og'ir atletikasining asoschilaridan, tabir joiz bo'lsa “otasi” deya etirof etiladigan Erkin SHamsievich Karimovning qutlug' 80 yoshni qarshi olishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Erkin Karimovning 80 yilligiga bag'ishlangan mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi, O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Kasaba uyushmalari federaciyasi mutasaddilari, mamlakatimiz sportiga hissa qo'shgan faxriy ustozlar, sportchilar, Erkin Karimovning oila azolari va yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so'z olganlar Erkin Karimovning 80 yilligi bilan qutlab, sportda, xususan og'ir atletikada erishgan yutuqlari va mamlakatimizda og'ir atletika sport turini keng ommalashishida qo'shib kelayotgan samarali mehnatlarini takidlab, o'zlarining esdalik sovg'alarini topshirishdi.

Takidlash joiz, ayni paytda O'zbekiston og'ir atletika federaciyasida maslahatchi-murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan Erkin Karimov o'zbek sportchilari orasida birinchilardan bo'lib sobiq ittifoq xalqlari 4-Cpartakiadasi chempioni, 1967-1972 yillarda o'tkazilgan sobiq SSSR kubogi va chempionati g'olibi va ko'p karra mamlakat rekordini o'rnatgan, uzoq yillar yoshlarga og'ir atletika sirlarini o'rgatib, murabbiylik qilgan Erkin SHamsievich Karimov O'zbekiston respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi va I darajali “Sog'lom avlod uchun”   ordeni bilan mukofotlangan.  

Tadbir davomida O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi tomonidan 2021 yil yakunlari bo'yicha yil sarhisobi ham o'tkazildi. Ortda qolgan 2021 yil davomida og'ir atletika federaciyasi bilan yaqindan hamkorlik qilgan tashkilotlar vakillari, OAV xodimlari federaciyaning tashakkurnoma va sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Tadbir yakunida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning Erkin Karimovning 80 yoshi munosabati bilan yo'llagan bayram tabrigi o'qib eshittirildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing