21 iyu 13:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Bishkekdagi boks kechasida Saken Bibosinov raqibini nokautga uchratdi (VIDEO)
Kecha Qirg'iziston poytaxtida yirik professional boks oqshomi tashkil etildi.
Musobaqa doirasida qozog'istonlik taniqli charm qo'lqop ustasi Saken Bibosinov prof ringdagi debyut jangini o'tkazdi.
23 yashar filippinlik Kristian Leganga qarshi kechgan bahsda Saken birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi.
Bu 28 yashar Bibosinov uchun debyut bahs edi. Legan esa o'zining 11-jangida 3-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Eslatib o'tish joiz, ushbu turnirda havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni bo'lmish hamyurtimiz Hasanboy Do'smatov ham ringga chiqqan edi.
Havola :
Manba : t.me/sportilinet
Fikrlar