20 iyu 20:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Hasanboy Do'smatov professional boksda navbatdagi jangini o'tkazdi (VIDEO)
Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahridagi shu nomdagi arenada professional boks oqshomi bo'lib o'tmoqda.
Avval malum qilganimizdek, musobaqa doirasida havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov Filippin vakili Mark Antonio bilan to'qnash keldi.
8 raundlik bellashuv to'liq davom etdi. Yakunda barcha hakamlar bir ovozdan Do'smatovning g'alabasini elon qilishdi.
SHunday qilib, 32 yoshli Hasanboy prof ringdagi ettinchi jangida o'zining ettinchi g'alabasini nishonladi. Yurtdoshimiz bungacha so'nggi jangini 2023 yil noyabr oyida Rossiya Federaciyasida JAR vakili Sipxamandla Baleniga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi.
28 yashar Mark Antonio hisobida esa endi 11 ta g'alabadan tashqari 3 ta mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar