So’nggi yangiliklar

23:50Шодиёр Мелиқўзиев ЖЧни нокаутли ғалаба билан бошлади 0 22:52Бокс. Ҳуморабону Мамажонова ҳам ЖЧни ғалаба билан бошлади 0 21:28CAFA Nations Cup - 2025. Ўзбекистон Қирғизистонни йирик ҳисобда мағлуб этди ва финалга йўл олди 0 18:11ФОТО: Ўзбек бокси юлдузларининг болаликда тушган суратларини кўрганмисиз? 0 17:46Тошкентда Сквош ва Падел федерацияси тантанали равишда очилди 0 17:05Бектемир Мелиқўзиев қўллаб-қувватлаш мақсадида Муроджон Аҳмадалиевнинг ёнига борди (ВИДЕО) 0 16:39Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди 0 16:16"Чимаев билан жанг тарихий бўлади" - Имавов 0 15:51UFC Paris турнири иштирокчилари тарозига чиқди: битта жанг бекор бўлди 0 15:25"Ўзимни ажойиб ҳис қиляпман". 39 ёшли Деонтей Уайлдер яна 10 йил жанг қилиш ниятида 0 15:01Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими? 0 14:39"Усик фаолиятини якунлаши керак" - мураббий 0 14:17"Бу унинг соғлигига таъсир қилади". Майк Тайсон — Флойд Мейвезер билан жанг ҳақида 0 13:55"Бу кўргазмали жанг мухлисларга улар хоҳлаган нарсани беради". Мейвезер — Тайсон билан жанг ҳақида гапирди 0 13:33Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. У учрашувдан кейин мухлислар билан хайрлашди 0

28 noy 21:38
Yangiliklar

Kurash

Kurashchilarimiz Hindiston zaminini zabt etishdi + FOTO

Bugun Hindistonning Maxarashtra shtati Puna shahrida milliy qadriyatimizning bir bo'lagi hisoblangan kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi XIII Jahon chempionati o'z yakuniga etdi.

Uch kun davom etgan katta kurash bayramida dunyoning 60 ga yaqin davlatidan 300 nafardan ziyod polvonlar jami 15 ta vazn toifasida jahon chempionati g'olib va sovrindorlari malum bo'ldi. Hayajonli va murosasiz bahlarga boy bo'lgan dunyo birinchiligining so'nggi kuni ayollar o'rtasida -48, -52 kg, erkaklarda esa -100 va +100 kg vaznlarda bellashuvlar tashkil etildi. 

Umumjamoa hisobidagi g'oliblik uchun kurash so'nggi soniyalarga qadar davom etdi. Bugungi kun dasturi oldidan Eron bizdan bitta oltin ko'p jamg'argan edi. SHunga qaramay, kurashchilarimiz o'z mahoratlarini namoyish etib, yakunda asosiy raqib hisoblangan eronliklarni bitta oltin medalga ortda qoldirib ketishdi. 

Kurash vatani vakillari 7 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni band etishdi. Ikkinchi o'rin Eron terma jamoasiga nasib etdi: 6 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza. Kuchli uchlikka Janubiy Koreya terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakun yasab berdi. 

Jami 11 ta mamlakat terma jamoalarining Punadan vatanlariga jahon chempionati medallari bilan qaytayotgani kurashimizning dunyoda yanada ommalashib borayotganini ko'rsatmoqda. 

So'nggi kun qahramonlari:

Ayollar

-48 kg vazn toifasi

1. Mohinur Mo'minova (O'zbekiston)

2. Ayshirin Haydarova (Turkmaniston)

3. Savira Rizkianti (Indoneziya)

3. Leyla Siahvoshi (Eron)


-52 kg vazn toifasi

3. Hilola Ortiqboeva (O'zbekiston)

2. Tahereh Azarpeivand (Eron)

3. Aynur Amanova (Turkmaniston)

3. Otgonjatgal Sarantuya (Mo'g'uliston)


Erkaklar

-100 kg vazn toifasi

1. Javad Moradi (Eron)

2. Filipp Dinovic (Serbiya)

3. Ama Modeste Ngamboulou (Kongo) 

3. Princ Kosi (Kongo DR)


+100 kg vazn toifasi

1. Muhsin Hisomiddinov (O'zbekiston) 

2. Kunatxip On (Tailand)

3. Ali Bani Saad (Iroq)

3. Junyong Jeong (Janubiy Koreya)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing