So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

19 noy 11:43
Yangiliklar

Boks/MMA, Parij-2024

Lazizbek Mullojonov to'liq prof boksga o'tdimi? Bunga uning o'zi javob berdi

Teglar :  Lazizbek Mullojonov
MOQ matbuot xizmati Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Lazizbek Mullojonov bilan kichik intervyu o'tkazdi.

– Olimpiada tugaganiga 3 oydan o'tdi. Bazilar terma jamoa tarkibidagi mashg'ulotlarni allaqachon boshlab yubordi. Siz qachon yig'inlarga qo'shilasiz?

– Qisqa muddatli tatildan so'ng terma jamoa yig'iniga qaytaman. Hozirda jamoamiz Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'ryapti. Ushbu musobaqadan so'ng terma jamoa yig'inlariga qo'shilaman.

– Olimpiada chempionligidan keyin professional boksga to'liq o'tish fikri uyg'onmadimi? O'zi xalqaro promouterlik kompaniyalardan jiddiyroq taklif tushdimi?

Parijdagi g'alabamdan so'ng professional boksga butkul o'tish fikri uyg'onmadi. Ikkisini birdek olib bormoqchiman. Maqsadim Vatanim uchun ikkinchi marotaba Olimpiya o'yinlarida g'olib bo'lish.

– Toshkentda o'tgan jahon chempionati va Xanchjoudagi Osiyo o'yinlarida ancha qiziqqon, emociyalarga ko'p beriluvchi Mullojonovni ko'rgandik. Biroq Parij Olimpiadasida buning aksiga guvoh bo'ldik. Qisqa vaqt ichida nima sizni bunchalik o'zgartira oldi?

Jahon chempionatida 3-o'rinni qo'lga kiritganim va Osiyo o'yinlarida chorak finalda yutqazganimdan keyin hissiyotlarni jilovlab oldim. CHunki, ular bazi paytda sportchiga qarshi ishlashi mumkin. SHuning uchun bor etiborni Olimpiada licenziyasiga va undagi janglarga qaratdim. Maqsadim oltin medal edi va unga erishdim.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing