30 iyu 16:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Lazizbek Mullojonovda antidoping qoidalarini buzish borasida muammolar paydo bo'ldi
Boks bo'yicha Parij Olimpiadasi chempioni, JCH sovrindori Lazizbek Mullojonov antidoping qoidalarini buzganlikda gumon qilinmoqda.
Insayder Jalol Ahmedovning Xalqaro test agentligiga asoslanib malum qilishicha, shu yil 11 iyun kuni musobaqadan tashqari o'tkazilgan doping nazorati chog'ida o'zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonovdan olingan namunada metasteron moddasi - anabolik-androgenik steroid aniqlangan.
Unga vaqtincha chetlatilish jazosi qo'llanilgan. Sportchi bunga qarshi shikoyat kiritish va uni bekor qilishni so'rash huquqiga ega deyiladi Boxer TV kanalida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar