So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

05 avg 17:55
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston boks federaciyasi Lazizbek Mullojonov bilan bog'liq vaziyat bo'yicha munosabat bildirdi

Boks bo'yicha Parij Olimpiadasi chempioni, JCH sovrindori Lazizbek Mullojonov antidoping qoidalarini buzganlikda gumon qilinayotgani haqida xabar bergandik.

Lazizbek Mullojonovda antidoping qoidalarini buzish borasida muammolar paydo bo'ldi

O'zbekiston boks federaciyasi o'zining rasmiy Telegram kanalida holat bo'yicha munosabat berdi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalyotgan Lazizbek Mullajonov haqidagi xabarlarga rasmiy izoh: Xabaringiz bor, Lazizbek Mullajonov O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi, Parij-2024 Olimpiya o'yinlari oltin medal sohibi hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bokschimizda doping moddasi aniqlangani va buning natijasida Parij-2024 Olimpiya o'yinlari oltin medali natijasi bekor qilinishi to'g'risida tasdiqlanmagan xabarlar tarqalmoqda.

O'zbekiston boks federaciyasi shuni malum qiladiki, bugungi kunda Mullajonov professional boksda o'z faoliyatini davom ettirmoqda. Sportchimiz doimiy ravishda doping qoidalariga rioya qilib kelgan va doping sinama testlari natijalari har doim natijalari manfiy chiqqan bo'lib, joriy yilning 11 iyun kuni Xalqaro doping qoidalariga ko'ra sportchimizdan doping sinama testi olingan va Xalqaro Test agentligiga (ITA) tomonidan test natijalariga ko'ra taqiqlangan moddalar borligi aniqlanganligi yuzasidan axborot xati taqdim qilindi.

Sportchimiz Parij-2024 Olimpiya o'yinlaridan so'ng, 2024 yil 19 noyabr kuni Farg'ona shahridagi xususiy shifoxonada soch ko'chirib o'tkazish amalyotini o'tkazganli sababli, 4 bosqichli operaciya amalyotida va operaciyadan keyingi muolajalarda shifoxona tomonidan taqdim qilingan davolanish uchun dori vositalarini qabul qilganligi va ushbu dori vositalarida ayrim taqiqlangan doping moddalari bo'lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

O'zbekiston boks federaciyasi va Lazizbek Mullajonov tomonidan Xalqaro Test agentligiga (ITA) ushbu masala yuzasidan kerakli barcha hujjatlar taqdim qilingan bo'lib, Lazizbek yakuniy qaror chiqishini kutmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda vakilimiz doping qoidalarini buzganligi sababli Parij-2024 Olimpiya o'yinlari oltin medali natijasi bekor qilinishi to'g'risida xabarlar asossiz ekanligi va yuqoridagi holat Olimpiya o'yinlaridagi natijasiga hech qanday tasir ko'rsatmasligini malum qilamiz.

SHu o'rinda OAV vakillaridan malumotlarni tekshirmasdan O'zbekiston boks federaciyasi va bevosita Mullajonov bilan bog'lanmasdan oldin asossiz malumotlarni tarqatmasliklarini so'raymiz", deyiladi federaciya bayonotida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing