So’nggi yangiliklar

19:14Акмалжон Исроилов ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 18:52Фазлиддин Мадраҳимовнинг Тошкентдаги рақиби ўзгарди. Муҳиддин Мамажонов билан трилогия кўрамиз 0 18:30Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Қолганлар эса тайёр" 0 18:09Шодиёр Мелиқўзиев чорак финалда япониялик боксчига имкониятни бой берди 0 17:45"Дэвис кубоги": Гонгконг — Ўзбекистон ўйини учун қуръа ташланди, ўйинлар эртадан бошланади 0 17:22Дана Уайт: "Дональд Трамп — UFC мухлиси ва менинг 25 йиллик дўстим" 0 17:00АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум 0 16:38Сабина Бобоқулова катта устунлик эвазига ғалаба қозониб, ЖЧ ярим финалга йўл олди 0 16:11"Уни нокаутга учратиш учун барча ишни қиламан". Сауль Альварес — Кроуфордга қарши жанг ҳақида 0 15:50Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэ билан жанги Ўзбекистонда кўрсатиладими? 0 15:29Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди 0 15:08Дана Уайт Оқ уйдаги турнир ҳақида: "Биз Трампга барчасини кўрсатдик" 0 14:47Кроуфорд Мадримов билан оғир ўтган жанги ҳақида: "Канело ҳам охирги жангида шоу кўрсатгани йўқ" 0 14:26Аҳмадалиев vs Иноуэ. Матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:05Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради 0

20 mar 08:46
Yangiliklar

Boks/MMA

Leon Edvards Kolbi Kovingtonga qarshi jang qilishdan bosh tortdi

Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Leon Edvards Kamaru Usmanga qarshi trilogiyada o'z kamarini muvaffaqiyatli tarzda himoya qilgan edi.

Jang yakunlanganidan so'ng UFC prezidenti Dana Uayt Leonning keyingi raqibi Kolbi Kovington bo'lishini malum qilgandi. Divizion reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Kolbi kechagi chempionlik jangida zaxira jangchisi edi. 

"Ochig'i, bunda qanday mano bor, tushunmayapman. Kovington deyarli bir yarim yildan beri jang o'tkazmayapti. U shunchaki ishsiz o'tirgandi. Qanday qilib chempionlik jangi uchun imkoniyatga ega bo'ldi, shunga aqlim etmayapti. Divizionda jang o'tkazib, chempionlik uchun munosib mehnat qilgan yigitlar etarlicha topiladi. Endi men qirolman! O'ylashimcha, keyingi raqibim kim bo'lishini o'zim aniqlashim kerak va bunga to'liq haqliman", - dedi britaniyalik UFC 286 turniridan keyingi matbuot anjumanida. 

Edvardsning so'zlariga qaraganda, uning keyingi raqibi Xorxe Masvidal bo'lishi lozim. Buning uchun Xorxe 8 aprel kuni Mayamida o'tkaziladigan UFC 287 turnirida braziliyalik Gilbert Bernsni mag'lub etishi shart.

"Agar Masvidal Bernsni mag'lub eta olsa, u mening ayni paytdagi eng ideal raqibimga aylanardi. Bu jang pullik translyaciya nuqtai nazaridan ham katta daromad keltirardi. Qolaversa, o'rtamizda adovat bor. Bu o'ziga yarasha kichik tarixga ham ega. Orani ochiq qilib, bunga nuqta qo'yishimiz kerak. 

Yana Kolbi haqida. Men chempionlik kamari yo'lida 12 ta jang o'tkazdim. Kovington esa jarohati bo'lmasa ham, shunday imkoniyatga yaqin keldi. Kolbi o'shanda menga bu o'zim kim deb kinoya qilgandi", - deya so'ziga yakun yasadi chempion. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing