So’nggi yangiliklar

18:20Шаҳрам Ғиёсовнинг вазнида IBF камари учун даъвогарлик жанги белгиланди 0 17:59"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси 0 17:38Дю Плесси: "Чимаев беш раунд ҳақида ўйламаяпти, лекин..." 0 17:17"Saber" жамоамизнинг "Аёллар дзюдо лигаси"даги рақиблари маълум 0 16:56Мадримовнинг вазнидаги чемпион Фундоранинг навбатдаги жанги тафсилотлари очиқланди 0 16:35"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак 0 16:14Ига Свёнтек Цинциннати WTA 1000 турнири 1/4 финалида ўйнайди 0 15:53Тўрт кун олдин Дана Уайт Даъвогарлар турнирида ғалаба қозонган рус жангчиси UFC 319 турнирида октагонга чиқади 1 15:32Энтони Жошуа Андре Уорднинг чақирувига жавоб берди 0 15:11Аббосбек Файзуллаевнинг нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани очиқланди 0 14:50Арман Царукян: "Ҳатто "стойка"да ҳам Топуриядан яхшиман. Бу менинг камарим!" 0 14:29Шаҳрам Ғиёсов Мэнни Пакьяонинг чемпионлик жанги ҳақида гапирди 0 14:08Иқтидорли хоккейчимиз Салоҳиддин Азимов Швеция клубига ўтди 0 13:47Шомуродов ва Файзуллаев Туркияда юртимиз шарафини ҳимоя қилаётган даун синдромли спортчиларимиз билан учрашди + ФОТО 0 13:2622 ёшли Алькарас Надаль ва Сампраснинг натижасини такрорлади 0

14 avg 13:05
Yangiliklar

Boks/MMA

Lobov Konorning Putin bilan uchrashuvi va unga viski sovg'a qilganini esladi

Irlandiya sharafini himoya qilayotgan Artyom Lobov sobiq do'sti Konor Makgregor 2018 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashganini esladi.

Sobiq UFC jangchisi bo'lgan Lobov Moskvadagi o'sha tarixiy uchrashuvni tashkil qilganlardan biri edi. 

- Siz Konorning Putin bilan uchrashuvini tashkillashtirganingizni aytdingiz. U chindan ham uning uchun muhimmidi?

- Albatta, uni juda hurmat qilardi, u bilan tanishib olmoqchi edi. Konor o'sha paytda janglarda birinchi raqamli, Putin esa siyosatda birinchi raqamli edi. Va bunday voqea, Rossiyadagi jahon chempionati finali, mamlakat prezidenti bilan uchrashish - ulkan sharaf. Konor har doim Putinning muxlisi bo'lgan, u mendan ko'p narsalarni so'ragan.

Biz yana bir narsani loyqalatdik - Proper Twelve’ning eng birinchi shishasini Konor prezidentimizga sovg'a qildi. Bu uning viskisi tarixining qiziqarli qismi, buni ham men tashkil qilganman. Uchrashuv juda tez o'tdi, u erda prezident bilan uchrashmoqchi bo'lganlar ko'p edi. Viskini shaxsan topshirishning iloji bo'lmadi. Boisi, avval uni qo'riqchilarga topshirish kerak edi. Ular tekshirib ko'rishdi, ularning o'z protokollari bor. Keyin u Vladimir Vladimirovichga topshirildi.

Konor sayohatdan juda mamnun edi, uni juda yaxshi kutib olishdi. Familiyasini aytmayman, lekin ismini aytaman - Ruslan, senga katta rahmat, Pasha ham yonimda edi. Yigitlar juda katta yordam berishdi, Konorni shohona kutib olishdi, unga Barvixdagi uyni, menimcha, kuniga 30 ming evroga, qimmat mashinalar, 12 nafar qo'riqchini ijaraga olishdi. Konor Rossiyada birinchi marta edi va bu sayyohatdan yakunda hayratda qoldi.

Vizalarimiz bir kunlik edi, yana bir kunga kechikdik - yo'l-yo'lakay uzaytirishga majbur bo'ldik. Yigitlar Konorga yoqqanini ko'rishdi va vizani yana bir kunga uzaytirishdi", - dedi Lobov "Ushatayka" YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing