08 avg 11:59
Yangiliklar
Boks/MMA

"Konor agar to'liq tayyorgarlik ko'rganida Xabibni yutardi" - Lobov
Konor Makgregorning sobiq do'sti va jamoadoshi Artyom Lobov irlandiyalik jangchining Xabib Nurmagomedovga qarshi jangga etarlicha tayyorgarlik ko'rmaganini takidladi.
"Agar u to'liq lager o'tkazganida... Eddi Alvaresga qarshi jang qilgan Konorni eslab ko'ring. SHu Konorni Xabibga qarshi tasavvur qiling. Men xotirjam bo'lardim, agar u oldingi Konor bo'lganida. Hozir u boshqa odam. U barmog'idagi og'riq tufayli jangga chiqmadi – bu men bilgan Konor emas. Men eski Konorni ko'rmoqchiman. Xabib ham o'sha Konor uchun qaytar edi. Butun dunyo bu haqda gapirgan bo'lardi. Bu asr jangining qaytishi bo'lardi", — dedi Artyom Lobov Ariel Xelvaniga.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar