14 avg 15:11
Yangiliklar
Futbol

Abbosbek Fayzullaevning nega yangi jamoasida maydonga tushmayotgani ochiqlandi
Bu haqda Narzulla Saydullaev malum qildi.
"Gap shundaki Turkiya klubi hali Fayzullaevning transfer sertifikatini olmagan. Bu hujjatsiz yangi futbolchini maydonga tushirish tugul qaydnomaga ham kiritib bo'lmaydi.
Bu hujjatni Moskva klubidan olish uchun esa "Bashakshehir" transfer uchun CSKAga pul o'tkazib berishi lozim. Hammasi bir-biriga bog'liq. Tez orada qog'ozbozlik tugaydi va Abbos o'zini maydonda ko'rsata boshlaydi", - deya fikr bildirgan insayder.
Havola :
Fikrlar