14 avg 16:14
Yangiliklar
Tennis

Iga Svyontek Cincinnati WTA 1000 turniri 1/4 finalida o'ynaydi
Dunyoning uchinchi raketkasi Iga Svyontek Cincinattida davom etayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirning 1/4 finalchisiga aylandi.
Polshalik tennis malikasi to'rtinchi davrada WTA reytingida 138-pog'onada borayotgan ruminiyalik Sorana Kirstyani 6/4, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 5:0 ko'rinishiga keldi.
To'qson besh daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 1 ta eys, 5 ta breyk qayd etib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Iganing 1/2 final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvdagi raqibas Anna Kalinskaya bo'ladi. Anna rus derbisida vatandoshi Ekaterina Aleksandrovadan 3/6, 7/6(5), 6/1 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar