14 avg 14:50
Yangiliklar

Arman Carukyan: "Hatto "stoyka"da ham Topuriyadan yaxshiman. Bu mening kamarim!"
Engil vazn toifasi UFC reytingining ikkinchi raqamli jangchisi bo'lib turgan Arman navbatdagi jangini divizion chempioni Iliya Topuriyaga qarshi o'tkazishni istamoqda.
"UFC menga aynan Iliya raqib sifatida berishi shart. Boisi, bu kamarning haqiqiy egasi menman. Aynan men bo'lajak chempionman, bu mening kamarim. Iliyaning o'ziga xos bir mahorati bor - bu boks. Lekin biz boks qoidasi bo'yicha jang qilmayapmiz. Bu MMA. Hatto zarba berish texnikasida ham Topuriyadan yaxshiroqman. Oyoqlarim, tirsaklarim va tizzalarim bilan zarbalarim doim naf keltirgan. SHunchaki o'z darajamni hammaga ko'rsatishga oshiqyapman", - deya Carukyanning so'zlarini keltiradi X ijtimoiy tarmog'idagi Red Corner MMA akkaunti.
Fikrlar