So’nggi yangiliklar

15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0 13:54Ислам Махачев кейинги жангини қаерда ва қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:29Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда 0 13:06"Исламни нокаут қила оламан" - Илия Топурия 0 12:45Курашчиларимиз Осиё чемпионатида яна 5 та медални қўлга киритишди 0 12:24Ислам Махачев: "Делла Маддалена билан жанг оғир бўлади" 0 12:03"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи 0 11:42"Гладиатор" Парижда жанг қилади 0 11:21Усман Нурмагомедов кейинги жанги қачон бўлишини айтди 0 11:00UzChess Cup. Абдусатторов асосий рақибларидан бирини ютди, Синдаровда ҳам ғалаба, 7-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:39Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан”ни енгиб, гуруҳ ғолиб сифатида плей-оффга чиқди 0 10:18Икки теннисчимиз Қайсеридаги юришини ғалаба билан бошлади 0

27 noy 07:27
Yangiliklar

Boshqalar

Markaziy Osiyo Esports Federaciyasi tashkil etildi

Uning SHtab-kvartirasi Toshkent shahrida bo'lishi rejalashtirilmoqda.

O'zbekiston Esports Federaciyasi tashabbusi bilan O'rta Osiyo mamlakatlari - Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston kibersport tashkilotlari rahbarlari ishtirokida birinchi videokonferenciya shaklidagi muloqot tashkil etildi.

Videokonferenciyaning dastlabki qismida mintaqada kibersportni rivojlantirish va ommalashtirish xususida fikr almashildi. Hamkorlikda qo'shma loyihalar tashkil etish, mintaqaviy musobaqalarni yo'lga qo'yish va boshqa bir qator muhim masalalar yuzasidan memorandum imzolandi.

Konferenciya davomida O'zbekiston Esports Federaciyasi Raisi Azizbek Pattaxovning Markaziy Osiyo Esports Federaciyasini tashkil etish bo'yicha taklifi ko'pchilik tomonidan maqullandi.

Tez orada ushbu jarayonning yuridik masalalari boshlab yuborilishi hamda, ushbu mintaqaviy tashkilotning bosh shtab-ofisi Toshkent shahrida bo'lishi rejalashtirilmoqda.

O'zbekiston Esports Federaciyasi tomonidan ilgari surilgan ushbu yangi loyiha orqali "Central Asia Esports Federation" IESF va AESF tashkilotlari qoshida tashkil etiladi va ularning oldiga qo'ygan maqsadlari yo'lida ko'makdosh sifatida faoliyat yuritadi.

Takidlash joizki, O'zbekiston Esports Federaciyasi 2016 yildan boshlab faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda kibersportni rivojlantirish, xalqaro maydonlarda elektron sport bo'yicha munosib ishtirok etish yo'lida ko'plab loyihalar va vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.

Kuni kecha federaciya International eSports Federation (IESF)ning to'la huquqli azoligiga qabul qilindi.

Endilikda IESF tomonidan amalga oshiriladigan kibersport sohasidagi barcha xalqaro turnirlar, anjuman, konferenciya va boshqa tadbirlarida O'zbekiston Esports Federaciyasi o'z ovoziga hamda, doimiy o'rniga ega bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing