26 iyu 10:18
Yangiliklar
Tennis

Ikki tennischimiz Qayseridagi yurishini g'alaba bilan boshladi
Turkiyaning Qayseri shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik ikki tennischi - Maksim SHin va Amir Milushev ham o'z imkoniyatini sinab ko'ryapti. Mamlakatimizning uchinchi va to'rtinchi raketkalari turnirdagi ishtiroklarini g'alaba bilan boshlab olishdi.
Amir Milushev 1/16 finalda musobaqaning ikkinchi raketkasi, ATP reytingida 674-o'rinni egallab turgan germaniyalik Nino Exrenshneyderni 6/3, 7/6(3) hisobida mag'lub etib, kichik shov-shuv sababchiga aylandi. Milushev reytingning 1420-pog'onasidan joy olgan.
O'zbekistonning uchinchi raketkasi hisoblangan Maksim SHin esa ilk bosqichda ispaniyalik Bernardo Mesani qiyinchilik bilan uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(3), 2/6, 6/4.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar