So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0

21 noy 07:44
Yangiliklar

Suv sporti turlari, Kamondan otish

MOQ rahbariyati nigohida suv sporti turlari va kamondan otish federaciyalari

Teglar :  Suv sportiMOQ
Xabaringiz bor, ayni kunlarda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati Olimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoalarimiz faoliyati bilan yanada yaqindan tanishmoqda.

Kecha mutasaddilar Respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab internatiga tashrif buyurib, bu erda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan suzish va kamondan otish bo'yicha terma jamoamiz vakillari bilan uchrashishdi.

Tadbirda MOQ raisi o'rinbosari vazifasini bajaruvchi SHerzod Tashmatov, MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig'i Muzaffarxo'ja Rahmatxo'jaev va MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab O'zbekiston suv sporti turlari federaciyasi rahbariyati, sportchi va murabbiylar bilan suhbat o'tkazildi. Qayd etish joiz, ayni damda vakillarimiz kelasi hafta poytaxtimizda start oladigan licenzion musobaqaga hozirlik ko'rishmoqda. SHerzod Tashmatov uchrashuv davomida terma jamoamizning asosiy vakillari bilan alohida suhbatlashib, ularning musobaqaga tayyorgarligi haqida gaplashdi. O'z navbatida, federaciya bosh kotibi Alisher G'aniev licenzion musobaqa oldidan qo'yilgan rejalar, kutilayotgan natijalar haqida to'xtalib o'tdi.

“Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlar barcha sohalarga chuqur kirib bormoqda. SHu jumladan, sportga ham. Jahonda yanada raqobatbardosh jamoa bo'lib shakllanishimiz uchun biz Sizlarning xizmatingizdamiz. Sportchilarimizning Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishlari uchun nima sharoit kerak bo'lsa, yaratib beramiz”, – dedi SHerzod Tashmatov.

Takidlash joiz, bugungi uchrashuvlarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Respublika Olimpiya zaxiralari maktab internati va tegishli sport maktablari rahbariyati ham ishtirok etishdi.

SHundan so'ng kamondan otish bo'yicha terma jamoamiz vakillari bilan muloqot olib borildi. Suhbat davomida jamoamizning Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish imkoniyatlari, shuningdek, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik rejalari bo'yicha ham atroflicha fikrlar bildirildi.

“Hozirda bor etiborimiz kelasi yil iyun oyida Parijda o'tishi rejalashtirilgan licenzion musobaqaga qaratilgan. To'g'ri, jahon miqyosda jamoaviy yo'nalishda o'tadigan licenzion turnirda yo'llanma olish qiyin vazifa. Biroq jamoamiz bilan optimistik ruhiyat bilan tayyorlanmoqdamiz. Bu borada bizga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. SHu bois o'z rejamiz bo'yicha ishlasak, kerakli paytda jismoniy va ruhiy tayyorlana olsak, maqsadimizga eta olamiz”, – dedi terma jamoamizning gruziyalik murabbiyi Vladimer Lekveishvili.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing