So’nggi yangiliklar

19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0

25 fev 08:26
Yangiliklar

Mo'ynoqqa piyoda otlangan yurtdoshlarimiz Toshkentda: ular Jismoniy tarbiya va sport vazirligida bo'lishdi

Avval xabar qilganimizdek, “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni ijrosini taminlash maqsadida sirdaryolik ikki yurtdoshimiz butun O'zbekiston bo'ylab piyoda yurib o'tishga qaror qilishgan edi.

Etiborlisi, 15 fevral kuni Andijon shahridan yo'lga chiqqan bu azamatlar kuniga o'rtacha 40-45 kilometr masofani bosib o'tishmoqda. Bugun sayxunobodlik yurtdoshlarimiz Eldorbek Jo'raev hamda To'lqin Usmonov Toshkent viloyati orqali o'tib poytaxtimizga etib kelishdi. Yo'l-yo'lakay ularga televidenie xodimlari hamrohlik qilishdi.

Matonatli yurtdoshlarimizni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida vazirning birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov hamda OAV vakillari kutib olishdi.

“Sizlarning bu matonatingiz va jasoratingiz tahsinga loyiq, - dedi uchrashuvda Ravshan Sayfiddinovich. – Futbol hakamlari bir o'yinda o'rtacha 15-18 km masofani bosib o'tishadi. Sizlar esa bir kunda o'rtacha 40-45 km masofani ortda qoldirmoqdasiz. Albatta, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sizlarning bu tashabbusingizni olqishlaydi va har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali sizlarga yurtdoshlarimiz ham hayrihox bo'lishayotganini kuzatib turibman. Ishonamanki, Mo'ynoqqacha bo'lgan masofada sizlar juda ko'p yurtdoshlarimizni sog'lom turmush tarziga oshno etasizlar, bu yo'lda sizlarga kuch-quvvat tilayman”.

SHundan so'ng vazirlik nomidan E.Jo'raev va T.Usmonovlarga estalik sovg'alari topshirildi va ularga oq yo'l tilandi.

O'z o'rnida ushbu yurtdoshlarimiz samimiy qabul uchun vazirlik rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi. Va albatta har qanday ob-havoga qaramasdan o'z maqsadlaridan aslo chekinmaslikka va nasib etsa “Navro'z” umumxalq bayramini Mo'ynoqda qoraqalpoq xalqi bilan kutib olishga harakat qilishini bildirdi.

“Kelgusidagi maqsadlarimiz – nafaqat O'zbekiston, balki xorijiy mamlakatlarni ham piyoda bosib o'tish va ona Vatanimiz bayrog'ini chet ellarda ham mag'rur hilpiratish”, - dedi o'z so'zida Eldorbek Jo'raev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing