So’nggi yangiliklar

19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0

22 fev 10:02
Yangiliklar

Dzyudo

Muzaffar dzyudochilarimiz tantanali kutib olindi FOTOREPORTAJ

Teglar :  DzyudoO'zbekiston
Isroilda o'tkazilgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi Tel-Aviv - Istanbul - Toshkent avia reysi bilan yurtimizga qaytib keldi.

Yarim tun bo'lishiga qaramay, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida o'tgan hafta qahramonlarini kutib olish uchun O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi mutasaddilari, dzyudochilarimizning oila azolari, yosh dzyudochilar, keng sport jamoatchiligi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari hozir bo'lishdi.   

Eslatib o'tamiz, Tel-Aviv musobaqasida dunyoning 60 davlatidan jami 418 nafar dzyudochi turnir medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi. Ular qatorida O'zbekiston terma jamoasining 11 nafar azosi ham o'z imkoniyati va mahoratini sinovdan o'tkazdi. Dzyudochilarimiz Isroil turnirida 1 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan yakunda umumjamoa hisobida 60 davlat orasida 8-o'rinni band etdi. SHarofiddin Boltaboev oltin medal va 1000 reyting ochkosiga ega bo'ldi. -60 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Sardor Nurillaev va Muhriddin Tilovov esa bronza medali hamda 500 reyting ochkosini qo'lga kiritdi. 

Endi bor etibor 5-7 mart kunlari poytaxtimizdagi muhtasham "Humo" arena saroyida o'tkaziluvchi Toshkent "Katta Dubulg'a" turniriga tayyorgarlikka qaratiladi. Bo'lajak musobaqada O'zbekiston terma jamoasi har bir vazn toifasida 4 nafardan dzyudochisi bilan ishtirok etadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing