So’nggi yangiliklar

19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0 17:53Дана Уайт Том Аспиналлнинг навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 17:25Lift Promotions Тошкентдаги проф бокс оқшоми кардини эълон қилди. Марказий жангда мағлубиятсиз ҳамюртимиз иштирок этади 0 17:03Курашчиларимиз Туркиядаги "Яшар Догу" мусобақасини 5 та медаль билан якунлашди 0 16:40Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди 0 16:19UFC 317 турнири иштирокчилари жанглар орқали қанча гонорар ишлаб олгани маълум 0 15:58Абдулрашид Садулаев: "Дана Уайт билан гаплашдим" 0 15:35Топурия – учинчи камар ҳақида: "UFC'га бу ҳақда гапирмасликни ваъда қилганман" 0 15:13Шомуродовнинг жамоадоши Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади 0 14:50Навоийда 200 000 000 сўм мукофот пулига эга “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бўлиб ўтмоқда 0 14:24Шоҳжаҳон Эргашев Бачков билан жанг қилмайди 0 14:02Дана Уайт Гэтжининг чемпионлик жанги истагига муносабат билдирди 0

19 apr 14:14
Yangiliklar

Tadbirlar

Namanganda sport yo'nalishidagi rahbar xodimlar bellashdi

Teglar :  NamanganBadminton
Namanganda sport yo'nalishidagi rahbar xodimlar o'rtasida shaxmat va badminton bo'yicha “Boshqarma boshlig'i kubogi” musobaqasi o'tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabiga qarashli badminton markazida, viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi tasarrufidagi sport va talim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan rahbar xodimlar o'rtasida shaxmat va badminton bo'yicha “Boshqarma boshlig'i kubogi” musobaqasi o'tkazildi.



SHaxmat musobaqasida jami 23 nafar ishtirokchi g'oliblik uchun dona surishdi. Murosasiz kurashlar ostida o'tgan bahslar yakuniga ko'ra g'olib va sovrindorlar quyidagicha ko'rinish oldi:

Erkaklar:

1. Kan Aleksandr – Namangan shahar Davlatabod tuman 1-BO'SM uslubchisi;

2. Umarov Mirvoxid – To'raqo'rg'on tuman BO'SM direktor o'rinbosari;

3. Boboev Olimjon – Sport o'yinlari va engil atletikaga IBO'SM direktor o'rinbosari.

Ayollar:

1. Suxodko Viktoriya – Yakka kurash sport turlariga IBO'SM uslubchisi;

2. Sarmonova SHahnoza – Uchqo'rg'on tuman 2-BO'SM direktori.

Badminton bo'yicha o'tkazilgan musobaqada jami 30 nafar ishtirokchi qatnashdi va quyidagilar g'oliblik shohsupasiga ko'tarilishdi:

1. Xomidov Muhammadjon – CHust tuman BO'SM direktori;

2. Tuychiev Anvarjon – Boshkarma boshlig'i;

3. Tursunov Eldorbek – Pop tumani 2-BO'SM direktori.

Ushbu sport tadbiriga viloyat hokimining Turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikaciyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Botirjon Nuritdinov ham tashrif buyurdi va g'oliblarni taqdirladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing