30 may 17:39
Yangiliklar

Namanganda 200 mln so'm mukofot jamg'armasiga ega “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi boshlandi + FOTOREPORTAJ
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2022 yil 20 iyundagi qarori ijrosini taminlash maqsadida tashkil etilayotgan ushbu turnirda jami 114 nafar dzyudochi medallar uchun bahslarga kirishgan.
Ishtirokchilar orasida terma jamoaga nomzod taniqli dzyudochilar ham bor. Ular -81, -90, -100 vaa +100 kg vazn toifalarida o'zaro bellashishmoqda. Eng ko'p qatnashchi -81 kg vaznda bo'lib, sovrinli o'rinlar uchun 56 nafar dzyudochi kurash olib bormoqda.
Namangan “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasining umumiy mukofot jamg'armasi 200 million so'mni tashkil qiladi. Har bir vazn g'oliblari 22 mln, kumush medal sohiblari 14, bronza medal egalari esa 7 mln so'mdan mukofot puliga ega bo'ladi.
Fikrlar