So’nggi yangiliklar

18:00"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди 0 17:39Сауль Альварес Илия Топурияга қарши жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 17:15Илия Топурия: "Агар Махачев ютса мен билан жанг қилсин. Ютқазса, навбатга турсин" 0 16:38Арман Царукян Порье – Холлоуэй тўқнашуви учун захира жангчиси бўлмоқчи 0 16:16Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз" 0 15:40"Анкалаевга етарлича ҳурмат кўрсатилмаяпти" - Аспиналл 0 15:17Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида кумуш медални қўлга киритган Дулат Бекбауовнинг проф боксдаги илк рақиби ва жанг санаси маълум бўлди 0 14:55Усик — Дюбуа реванши учун "Уэмбли"да трибуналар сони 94 000 тага етказилиши мумкин 0 14:27Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди 0 14:01Махачев: "Навбатдаги даъвогар Царукян бўлиши керак" 0 13:39Шоҳида Аҳмедова Туркияда ўтказилган "Яшар Догу" халқаро турнири совриндори бўлди 0 13:17Отабек Холматов ва Муроджон Аҳмадалиев Қўшма Штатларга учиб кетди (ФОТО) 0 12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0

31 okt 10:20
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Olimpiya o'yinlari tarixidan qiziqarli faktlar

Teglar :  Ot sportiOlimpiada
XXX yozgi Olimpiya o'yinlarining (London, 2012 yil) eng keksa sportchisi yaponiyalik chavandoz Xiroshi Xoketsu hisoblanadi.

SHu yilning mart oyida u 71 yoshda bo'lgan. Xiroshi birinchi marotaba yozgi Olimpiada o'yinlarida 1964 yilda ishtirok etgan.

Stendan o'q otish – eng qadimgi Olimpiya sport turlarining biri hisoblanadi. Biroq, o'yin davomida har doim ham plitalarga o'q uzishmagan. Dastlab, bahslarda nishon sifatida jonli kabutarlardan foydalanilgan. Xalqaro Olimpiya qo'mitasi 1910 yilda jonli qushlardan foydalanishni taqiqlagan bo'lsada, Olimpiada o'yinlaridan tashqari musobaqalarda jonli qushlardan nishon sifatida foydalanish uzoq vaqt davom etib kelgan. Masalan, Monakodagi Gran-Pri seriyasining ushbu usuldagi so'nggi turniri 1966 yilda o'tkazilgan. Lekin AQSHning ayrim shtatlarida o'q otishda kabutarlardan foydalanish hamon davom etmoqda.

Yangi zelandiyalik sportchi Myurrey Xalberg yoshligida Regbi sport turi bilan shug'ullangan, ammo uchrashuvlarning birida u jiddiy jarohatlanib, chap qo'li doimiy ravishda shol bo'lib qoladi. Biroq, Xalberg tushkunlikka tushmadi va sportni tark etmasdan yugurish bilan shug'ullandi. Asta sekinlik bilan yugurish mashg'ulotlarini rivojlantirib, natijada u 1960 yili Rimda bo'lib o'tgan Paralimpiya o'yinlarida 5 000 metrga yugurish bo'yicha oltin medal qo'lga kiritdi.

1948 yilda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida Hindiston futbol terma jamoasi yalangoyoq o'ynagan, shundan keyin FIFA bu o'yin usulini taqiqlab qo'ydi. Hindiston terma jamoasi 1950 yilda bo'lib o'tgan jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri qatnashishga muyassar bo'ldi, chunki saralash guruhidagi barcha raqobatchilar musobaqadan chiqib ketgan edi. Biroq Hindiston futbol associaciyasi FIFA taqiqi tufayli jamoani Braziliyaga yubormaslikka qaror qildi. SHundan so'ng, hindlar boshqa biron marotaba jahon chempionatiga chiqa olishmagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing