So’nggi yangiliklar

09:43Дунёнинг биринчи ракеткаси Рим "Мастерс" 1/2 финалида 0 09:22Ямал Роналду билан тенглашиб олди 0 09:01Жейк Пол Усик билан ММА қоидалари асосидаги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 08:392025 йилда энг кўп даромад топган спортчилар рўйхати эълон қилинди 0 08:17"Сен енгил вазнда ҳеч кимсан". Ислам Махачев Топурияга кескин жавоб қайтарди 0 07:53Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони! 0 07:30Топурия — Махачев ҳақида: "Мен кўрган энг катта кибрли одам" 0 02:29"Барселона" - Испания чемпиони! 0 23:00World Boxing Жаҳон кубоги. Яна 4 нафар боксчимиз финалга йўл олди 0 18:45Дю Плесси — Имавовнинг захира жангчиси бўлганига ҳазиломуз муносабат билдирди 0 18:24Менежер: "Махачев - Маддалена жанги Австралияда бўлмайди" 0 18:01​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи? 0 17:54Бағдодда белбоғли кураш бўйича Ўзбекистони чемпионати ўтказилди 0 17:39Собиқ UFC жангчиси: "Нега Оливейра? Царукян биринчи даъвогар эди" 0 17:17"Бу Чарльз учун ёмон оқшом бўлади". UFC собиқ чемпиони Топурия – Оливейра жангига тахмин билдирди 0

14 may 14:09
Yangiliklar

SHaxmat

Osiyo chempionati. Gulruhbegim va Afruzada muhim g'alabalar

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida shaxmat bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda qatnashyapti. Qita chempionatining ayollar o'rtasidagi bahslarida 23 davlatdan 101 nafar ishtirokchi medallar uchun dona surmoqda. 

Terma jamoamiz etakchilari nihoyat 7-turda muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. Yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova oq donalarda SHri-Lanka vakilasi Devindiya Gunavardhanani, bir muddat AQSH sharafini himoya qilgan Gulruhbegim Tohirjonova esa qozog'istonlik Elnaz Kaliaxmetni mag'lubiyatga uchratdi. Har ikki shaxmatchimiz 6-turda raqibalariga imkoniyatni boy berib qo'yishgan edi. 

Tajribali shaxmatchimiz Nodira Nodirjonova hindistonlik Manisha Kirandan ustun keldi. Bu turda Zilola Aktamova, Liliya Belaya va Odina Olimova ham o'z partiyalarida zafar quchishdi. Guldona Karimova, Nilufarxon Imomqo'zieva, Asal Salimova, Barchinoy SHokirjonova, Marjona Malikova, Rukiya Olimova, Madinabonu Xalilova raqibalaridan engilishdi. Umida Omonova va Mohim O'rozmuhammedova durang qayd etishdi. 

Ettinchi turdan so'ng qizlarimiz orasida eng yaxshi natijani Gulruhbegim Tohirjonova va Afruza Hamdamova qayd etib turibdi. Gulruhbegim 5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 9-o'rinni band etgan. SHuncha ochkoga ega Hamdamova 11-pog'onadan joy olgan. Turnir jadvalida 6 ochkodan to'plagan hindistonlik Seshadri Srija va mo'g'ulistonlik Bat-Erdene Mungunzul qo'shpeshqadamlik qilmoqda. Keyingi o'rinlardagi Valentina Gunina, Anastasiya Bondaruk va Agraval Vantika hisobida 5,5 ochkodan bor.   

Bugun o'tkaziladigan 8-turda Tohirjonova oq donalarda rossiyalik Valentina Guninaga qarshi bahs olib boradi. Hamdamova esa qora donalarda o'zi singari 5 ochkoga ega xindistonlik Geyt Svati bilan hisob-kitob qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing